Samadova Sarvinoz Samad qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Talaba yoshlarni bag‘rikenglik ruhida tarbiyalashda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirishning pedagogik asoslari», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2020.3.PhD/Ped566.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Mels Xasanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Buxorodavlatuniversiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasanomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD. 03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Ma’murov Bahodir Baxshullaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Taylanova Shoxida Zaynievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talaba yoshlarni bag‘rikenglik ruhida tarbiyalashda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil qilishda umumiy, maxsus va shaxsiy-individual xususiyatlari jamiyat ijtimoiy buyurtmasi bilan tegishli ta’lim yo‘nalishi malaka talablarini o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talaba yoshlarni bag‘rikenglik ruhida tarbiyalashda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirishning integrativ modeli ijtimoiy-psixologik treninglar, “ishbop o‘yin”lar, sotsiodramaga asoslangan ijodiy, mustaqil faoliyatni tashkil etishning imitatsion usullarini qo‘llashning pedagogik shartlari asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning kommunikativligi va ijtimoiy ta’sirchanligi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirishning instrumental, motivatsion, kognitiv, produktiv, reflektiv-baholovchi komponentlari asosida takomillashtirilgan;
talabalarning auditoriyadan tashqari ijtimoiy loyihalardagi volontyorlik faoliyati darajasi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirishda kollaborativ hamkorlikni ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari talaba yoshlarini bag‘rikenglik ruhida tarbiyalashda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirishning pedagogik asoslarini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil qilishda umumiy, maxsus va shaxsiy-individual xususiyatlari jamiyat ijtimoiy buyurtmasi bilan tegishli ta’lim yo‘nalishi malaka talablarini o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid materiallardan Respublika Ma’naviyat-marifat markazining 2020 yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” ning III bob 44-bandi “Yurtimizdagi turli millat va elat, din va e’tiqod vakillarini mamlakatimizda ozod va obod Vatan barpo etish uchun birlashtirish, xalqlarni o‘zaro hurmat va hamkorlikka chorlash, umuminsoniy tamoyillarga aylangan g‘oyalarni keng targ‘ib etish” maqsadida “O‘zbekiston - umumiy uyimiz”, “O‘zbekiston - bag‘rikeng diyor” kabi ma’rifiy tadbirlarni tashkil qilishdakeng foydalanilgan(Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 27 avgustdagi 02/07-730-son ma’lumotnomasi). Natijada ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil qilish, yoshlarni bag‘rikenglik ruhida tarbiyalashda targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish ishlari takomillashgan;
talaba yoshlarni bag‘rikenglik ruhida tarbiyalashda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirishning integrativ modeli ijtimoiy-psixologik treninglar, “ishbop o‘yin”lar, sotsiodramaga asoslangan ijodiy, mustaqil faoliyatni tashkil etishning imitatsion usullarini qo‘llashning pedagogik shartlari asosida aniqlashtirilgan materiallardan 5111600-Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishida o‘qitiladigan “Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qilish metodikasi” fanidan uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 12 fevraldagi 89-03-875-son ma’lumotnomasi). Natijada talaba yoshlarni bag‘rikenglik ruhida tarbiyalashda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirishning integrativ modeli takomillashtirilgan;
talabalarning kommunikativligi va ijtimoiy ta’sirchanligi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirishning instrumental, motivatsion, kognitiv, produktiv, reflektiv-baholovchi komponentlari asosida takomillashtirishga oid tavsiyalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Menga so‘z bering”, “Yoshlar vaqti”, “Ertamiz egalari” kabi teleko‘rsatuvlarni tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 10 sentyabrdagi 1/229-son ma’lumotnomasi). Natijada ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirish orqali talabalarni bag‘rikenglik ruhida tarbiyalashda motivatsion, kognitiv va kommunikativ malakalar rivojlantirilgan;
talabalarning auditoriyadan tashqari ijtimoiy loyihalardagi volontyorlik faoliyati darajasi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirishda kollaborativ hamkorlikni ta’minlash asosida takomillashtirishga oid materiallardan “Bag‘rikeng O‘zbekiston”yoshlar festivalini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2020 yil 28 avgustdagi 04-13/2273-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning bag‘rikenglikka asoslangan mustaqil faoliyat yuritishi va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish samaradorligi oshgan.