Ikramov Amirbek Aminovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining harakatli o‘yinlarni o‘zlashtirishini axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanib takomillashtirish”,  13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim), (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped163.  
Ilmiy rahbar: Qahhorov Siddiq Qahhorovich,pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxorodavlatuniversiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Ma’murov Bahodir Baxshulloevich,pedagogika fanlari doktori, professor; Nurullaeva Shaxlo Uktamovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining harakatli o‘yinlarni o‘zlashtirishida axborot-komunikatsiya texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini harakatli o‘yinlar vositasida chaqqonlik, epchillik, kuchlilik va chidamlilik ko‘rinishidagi jismoniy sifatlarning pedagogik xususiyatlari mazmuni va sog‘lom turmush tarzi, ishchanlik, tolerantlik kabi kompleks rivojlantirish komponentlarini ta’lim jarayonida integratsiyalash asosida takomillashtirilgan; 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining harakatli o‘yinlar yordamida jismoniy sifatlarini kompleks rivojlantirishning «Sog‘lomlashtirish», «Hamrohinga o‘rgat», «Rotatsiya» kabi innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish asosida jismoniy tarbiya fanini o‘qitish metodikasi asoslangan;
harakatli o‘yinlarni o‘zlashtirishda mazmunli, texnologik, tashxislash  kabi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining komponentlaridan foydalanish, o‘qituvchilarning loyihalash, qisman izlanishli, tadqiqotchilik  kabi kompetensiyalarini rivojlantirish, pedagogik dasturiy vositalaridan foydalanish asosida takomillashtirilgan; 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi chaqqonlik, epchillik, kuchlilik va chidamlilik umumjismoniy ko‘rsatkichlari, malaka, layoqatlilik, harakat texnikasi, bajarish usullari kabi pedagogik talablar, intellektual, ma’naviy-axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi, jasorat, qat’iylik, o‘z kuchiga ishonch kabi emotsional-irodaviy xususiyatlar o‘zaro uyg‘unlikda muqobil qo‘llash doirasini kengaytirish asosida  takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga harakatli o‘yinlarni o‘zlashtirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik hamda amaliy tavsiyalar asosida:
umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini harakatli o‘yinlar vositasida jismoniy rivojlantirishning pedagogik xususiyatlar mazmuni (chaqqonlik, epchillik, kuchlilik) jismoniy sifatlarini kompleks rivojlantirish komponentlari (sog‘lom turmush tarzi, ishchanlik, tolerantlik) va tarbiya uzviyligini integratsiyalash bilan bog‘liq ilmiy natijalar haqidagi xulosalardan YoA-1-9 raqamli «Aholining turli qatlamlarida psixologik xizmat ko‘rsatish amaliyoti» nomli amaliy loyihada (2016-2017) foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 25 avgustdagi 89-03-2940-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining innovatsion texnologiyalarning («Sog‘lomlashtirilgan», «Hamrohingga o‘rgat», «Rotatsiya») samarali foydalanish asosida jismoniy tarbiya fanini o‘qitish metodikasi va o‘quv uslubiy ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishda umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini harakatli o‘yinlar vositasida jismoniy rivojlantirishning yangicha ko‘rinishdagi talqinlari haqidagi xulosalardan OT-F1-raqamli «Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari» nomli fundamental loyihada (2017-2020) foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 25 avgustdagi 89-03-2940-sonli ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi umumjismoniy ko‘rsatgichlari pedagogik talablari (malaka, layoqatlilik, harakat texnikasi, bajarish usullari) axloqiy, aqliy, estetik va mehnat tarbiyasi, irodaviy xususiyatlari (jasorat, qat’iylik,  o‘z kuchiga ishonch, chidamlilik) o‘zaro integratsiyalash yordamida takomillashtirilganligi va o‘quvchilarining axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda harakatli o‘yinlarni samarali o‘zlashtirishlari ta’minlangan;
XXI asr – axborot texnologiyalari yuksak taraqqiy etgan va bugun avlodlar uning ma’lum turlaridan unumli foydalanishlari o‘laroq, jismoniy faollik ular hayotida muhim o‘rin egallashi kerakligi kabi ilmiy qarashlardan «Buxoro» teleradiokanalining «Sport mening taqdirimda», «Kelajak egalari» ko‘rsatuvlarining ssenariysini tayyorlashda  foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2020 yil 20 avgustdagi № 1/199-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yosh avlodning jismoniy qobiliyatini har tomonlama rivojlantirishda jismoniy tarbiyaning o‘rni muhim ekanligi haqidagi ma’lumotlar teleradiokanal orqali kengroq yoritilishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish