Alieva Toxiraxon Avazxonovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Surunkali yurak etishmovchiligi bilan xastalangan bemorlarda neyrogumoral buzilishlar va beta-adrenoreseptorlar geni polimorfizmining klinik-prognostik xususiyatlari», 14.00.06–Kardiologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib3.

Ilmiy rahbar: Kamilova Umida Kabirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Tib.31.01.

Rasmiy opponentlar: Kayumov Ulugbek Karimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xamidullaeva Gulnoz Abdusattarovna, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali yurak etishmovchiligida neyrogumoral mexanizm xususiyatlarini, beta-adrenoreseptor geni polimorfizmini aniqlagan holda kasallikni erta diagnostikasini takomillashtirish va klinik-prognostik mezonlarini maqbullashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

surunkali yurak etishmovchiligi rivojlanishining asosiy patogenetik – neyrogumoral, adrenergik omillarining kasallik klinik kechishida ishtirok etishi darajasi aniqlangan;

surunkali yurak etishmovchiligi bor bemorlarda noradrenalin yuqori darajasi va adenilatsiklaz tizim faolligi sustlashishining yurak chap qorinchasi qisqaruvchanlik qobiliyatining pasayishiga ta’siri isbotlangan;

bemorlarda xastalikni klinik kechishi noxush prognozining rivojlanishi va uning og‘irlik darajasini aniqlashda neyrogumoral omillar yuqori darajasining ta’siri isbotlangan;

beta1-adrenoreseptorlarning geni polimorfizmini baholagan holda o‘zbek millatiga mansub shaxslarda surunkali yurak etishmovchiligi rivojlanishining erta prediktorlari aniqlangan;

neyrogumoral tizim faolligining oshishi va beta-adrenoreseptorlar ADRB1 geni polimorfizmini aniqlash xastalik klinik kechishi xususiyatlari va zo‘rayib borishi, kasallik prognozining og‘irlik darajasini belgilashi asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Surunkali yurak etishmovchiligini erta aniqlash va prognozlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:

surunkali yurak etishmovchiligini rivojlanishini erta aniqlash va zo‘rayishini oldini olish, kasallik noxush klinik kechishini prognozlash usuli Toshkent shahar 1 va 7-son klinik shifoxonalari, Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 14 fevraldagi 8N-319-son ma’lumotnomasi). Amaliyotga joriy qilingan tavsiyalar natijasida surunkali yurak etishmovchiligini erta tashxislash, kasallik klinik kechishini va prognozini yaxshilash, kasallik asoratlarini 26 foizga kamaytirishga erishildi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish