Mirzaeva Dilobar Abdukaxorovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Noan’anaviy manbalar asosida ozuqa emi olish texnologiyasini ishlab chiqish», 03.00.12 -Biotexnologiya (biologiya fanlari) 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/V587.
Ilmiy rahbar: Xo‘jamshukurov Nortoji Abdixolikovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.V.72.02.
Rasmiy opponentlar: Kuchboev Abduraxim Ergashevich, biologiya fanlari doktori, professor; Norboeva Umida Toshtemirovna, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy sharoitda ozuqabop hasharotlarni  etishtirish uchun ozuqaviy qiymati yuqori, tannarxi arzon va tayyorlanishi qulay texnologik echimga ega bo‘lgan ozuqa manbasini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor hasharot hasharotga nazariyasi (tamoyili) ilgari surilib,  mahalliy sharoitda Tenebrio molitor qo‘ng‘izi va uning lichinkalarining rivojlanish fazalaridagi o‘ziga xos biologik xususiyatlari aniqlangan;
mahalliy Tenebrio molitor qo‘ng‘izi va uning lichinkalarining rivojlanish fazalariga bog‘liq holda ozuqaviy qiymatlari aniqlangan;
Tenebrio molitor qo‘ng‘izi va uning lichinkalarini boshqariladigan insektariya sharoitida ko‘paytirishning mo‘’tadil shart sharoitlari ishlab chiqilgan;
ilk bor ozuqabop hasharotlar asosida Tenebrio molitor qo‘ng‘izi va uning lichinkalarining mo‘’tadil o‘sib, rivojlanishi uchun yangi tarkibli ozuqa muhiti tarkibi ishlab chiqilgan;
mahaliy sharoitda Tenebrio molitor qo‘ng‘izi va uning lichinkalarini boshqariladigan insektariya sharoitida ko‘paytirish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
Tenebrio molitor qo‘ng‘izi va uning lichinkasi biomassasidan baliqchilik tarmog‘ida ozuqa zahirasi sifatida foydalanish zaruriyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Ozuqabop hasharotlar asosida ozuqaviy qiymati yuqori va olinishi qulay bo‘lgan ozuqa emi ishlab chiqish va uni amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ozuqabop hasharotlar asosida Tenebrio molitor qo‘ng‘izi va uning lichinkalarining mo‘’tadil o‘sib, rivojlanishini ta’minlaydigan yangi tarkibli, noananaviy ozuqa emi olishning tajriba-ishlab chiqarish texnologiyasi Andijon viloyati baliqchilik xo‘jaliklarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 30-martdagi 02/23-571-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu texnologiya ozuqaviy qiymati yuqori, ishlab chiqarilishi qulay bo‘lgan «InsectaProtein» ozuqa emi ishlab chiqarish imkonini bergan;
qishloq xo‘jaligi amaliyotiga ozuqabop hasharotlarni maqsadli ko‘paytirish texnologiyasi Andijon viloyati, «Chinobodlik Oripovlar eri» chorva fermer xo‘jaligida amaliyotga joriy etilgan («O‘zbaliqsanoat» uyushmasining 2019 yil 25 avgustdagi 08-204/01-son ma’lumotnomasi). Natijada, ozuqabop hasharotlarni maqsadli ko‘paytirish texnologiyasi tashqi muhit ta’sirlariga bog‘liq bo‘lmagan holatda baliqchilik tarmoqlari uchun uzluksiz ozuqa zahirasini yaratish imkonini bergan;
mahalliy «InsectaProtein» ozuqa emi Andijon viloyati, «Asatilla asl ko‘li» baliqchilikka ixtisoslashgan xo‘jalikda Tenebrio molitor qo‘ng‘izi va uning lichinkalarini ko‘paytirishda asosiy ozuqa emi sifatida amaliyotga joriy etilgan («O‘zbaliqsanoat» uyushmasining 2021 yil 19 martdagi 012/278-son ma’lumotnomasi). Natijada, «InsectaProtein» ozuqa emi qo‘llanilganda 1 t mahsulot etishtirish davomida 1,2 t bug‘doy unini iqtisod qilish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish