Tadjiev Bexzod Umidjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qishloq joylarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni barqaror rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish» (Xorazm viloyati misolida), 08.00.15-Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Iqt610.
Ilmiy rahbar: Salaev San’atbek Kamilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti huzuridagi PhD.03/28.08.2020.I.55.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: G‘ofurov Ubaydullo Vaxabovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Axror Jaxbarovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot:  Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq joylarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (KBXT) ni barqaror rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy asoslangan tavsiya hamda takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“qishloq joylarini barqaror rivojlantirish”, “qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish” va qishloq joylarida KBXTni barqaror rivojlantirish” tushunchalariga tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy, demografik, infratuzilmaviy, ekologik jihatdan umumlashtirilgan holda geografik va tadbirkorlik nuqtai nazaridan yondoshuv asoslangan;
qishloq joylarida KBXTni barqaror rivojlantirishdagi muammolar va ularni hal qilishda davlat dasturlaridan samarali foydalanish, qishloq tadbirkorligiga strategik muqobillarni va ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aniqlashda “o‘sish nuqtalari”, “bitta mahalla - bitta mahsulot”  mexanizmi va ularni etishmayotgan ijtimoiy infratuzilmani ob’ektini tashkil etish bo‘yicha hisoblash uslubiyati ishlab chiqilgan;
Xorazm viloyatida noagrar yo‘nalishda xizmat ko‘rsatuvchi engil konstruksiyali mobil KBXT sub’ektlarini tashkil etish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish, qishloq joylarida “temir, yoshlar va ayollar daftarlari”ga kiritilgan aholiga kooperativ tadbirkorlik asosida ish qurollariga subsidiyalar ajratish mexanizmi asosida bandligini ta’minlash bo‘yicha takliflar asoslangan;
Viloyat hududlarining o‘ziga xos turistik resurslari, salohiyatidan  kelib chiqqan holda qishloq joylarida istiqbolli bo‘lgan eko, agro, etno, ov, sport, tibbiy, rekreatsion, safari  turizmi kabi shakllarini hamda turizm mahallasi va qishloqlarini tashkil qilish orqali qishloq turizmi va rekreatsiyani jadal rivojlantirishga imkon beruvchi ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qishloq joylarida KBXTni barqaror rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi qishloq joylarida tadbirkorlik muhiti, “qishloq xo‘jaligini”, “qishloq joylarini”, “qishloq joylarida KBXTni barqaror rivojlantirish” muammolari, tartibga solish xususiyatlari, ilg‘or xorijiy tajribalari, nazariy-uslubiy jihatlari mintaqaviy darajada mahalliy boshqaruv organlari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo Sanoat Palatasining 2021 yil 26 fevraldagi 11/05-15-1440-son ma’lumotnoma). Ushbu taklifni amaliyotda qo‘llash natijasida hududlarda tashkil qilingan “Yoshlar: 1+1”, “Har bir tadbirkor-yoshlarga madadkor”, “Yoshlarni tadbirkorlik asoslariga o‘qitish” loyihalari asosida o‘quv jarayonlarining axborot-uslubiy bazasining yanada kengayishiga xizmat qilgan;
Xorazm viloyatida qishloq joylarida KBXTni barqaror rivojlantirish yo‘nalishlari aniqlangan, qishloq tadbirkorligiga strategik muqobillarni aniqlash mexanizmi bo‘yicha natijalar Xorazm viloyatini 2030 yilgacha bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda, joylarda tashkil qilinayotgan yoshlarni tadbirkorlik asoslariga o‘qitish kurslari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo Sanoat Palatasining 2021 yil 26 fevraldagi 11/05-15-1440-son ma’lumotnoma). Ushbu taklifni qo‘llash natijasida qishloq joylarida KBXT rivojlanishini to‘laqonli baholash bo‘yicha ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqilgan va formulalar takomillashuviga erishilgan;
Xorazm viloyatida qishloq joylarida kambag‘allikni qisqartirish va yoshlar bandligini ta’minlashda kooperatsiya mexanizmining roli,  noagrar yo‘nalishda aholi soni va me’yoriy ko‘rsatkichlar asosida tashkil qilinishi kerak bo‘lgan xizmatlar sohasi KBXT sub’ektlari salohiyati asoslangan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo Sanoat Palatasining 2021 yil 26 fevraldagi 11/05-15-1440-son ma’lumotnoma). Ushbu taklifni qo‘llash natijasida qishloq joylarida mahallalar kesimida xizmat ko‘rsatuvchi KBXTlarni tashkil etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish yuzasidan yondashuvlar takomillashuviga erishilgan;
viloyatda qishloq joylarida noagrar yo‘nalishdagi kichik agroturistik sub’ektlarni rivojlantirish bo‘yicha tuman va shaharlarning imkoniyatlari asoslangan holda sohani ustuvor rivojlanishiga imkon beruvchi ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo Sanoat Palatasining 2021 yil 26 fevraldagi 11/05-15-1440-son ma’lumotnoma). Ushbu tavsiyalarni amaliyotda qo‘llash tufayli qishloq joylarida nograr yo‘nalishdagi agroturistik KBXT shakllarini rivojlanishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish