Ayubov Ilyos Ilxomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston turizm xizmatlar bozorini rivojlantirishda investisiyalarni jalb qilishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt435.
Ilmiy rahbar: Safarov Bahodirxon Shaxriyorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSs.03/30.12.2019.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  turizm xizmatlar bozorini rivojlantirish maqsadida investisiyalarni jalb qilishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
investisiyalarni jalb qilish shart-sharoitlarining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash asosida turistik korxonalar investisiya loyihalari samaradorligini baholash orqali investision jozibadorligini oshirishning takomillashtirilgan usuli asoslangan;
turistik xizmatlar ko‘rsatuvchi sub’ektlarda soliq to‘lovlarining investisiyalar hajmiga ta’sir darajasini baholashni e’tiborga olgan holda shakllantirilgan optimal ekonometrik modeli asosida turistik korxonaning investisiyaga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash taklif etilgan;
turistik salohiyatdan samarali foydalanish, turistik xizmatlar turlarini ko‘paytirish, sifati va xizmatlar eksport hajmini oshirish hamda investorlarni axborot ta’minoti tizimini yaxshilash maqsadida tavsiya qilingan “Turistik axborot-logistik markazi”ni tashkil etishning afzalliklari asoslangan;
turizm xizmatlar bozorini rivojlantirishda investision jozibadorligini oshirish, davlat va xususiy biznes hamkorligini yanada mustahkamlash hamda turistik oqim hajmini oshirishni e’tiborga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan YaIMdagi turizm hajmining prognoz paramertlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda turizm xizmatlar bozorini rivojlantirishda investisiyalarni jalb qilishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
investisiyalarni jalb qilish shart-sharoitlarining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, turizm sohasiga investisiyalarni maqsadli yo‘naltirish va xizmat ko‘rsatish resurslaridan natijador foydalanish asosida turistik korxonalar samaradorligini oshirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2020 yil 20 oktyabrdagi 02-16/4911-son ma’lumotnomasi). Mazkur iqtisodiy mexanizm va baholash tartibini amaliyotga joriy etish natijasida turistik destinatsiyalarda investisiyalarni jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan;
turistik xizmatlar ko‘rsatuvchi sub’ektlarda mavjud soliq to‘lovlarining investisiyalar hajmiga ta’sir darajasini baholashni e’tiborga olgan holda optimal ekonometrik modelini qo‘llash bo‘yicha amaliy usuli O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2020 yil 20 oktyabrdagi 02-16/4911-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatimizning turistik salohiyatini ekonometrik ko‘rsatkichlar orqali hisoblash natijasida turizm sohasida investisiyalarni jalb qilishning iqtisodiy mexanizmi takomillashtirilgan va hisob-kitoblarning aniqlik darajasi oshgan; 
turistik salohiyatdan samarali foydalanish, turistik xizmatlar turlarini ko‘paytirish, sifati va xizmatlar eksport hajmini oshirish bo‘yicha investision loyihalarni jalb qilishda “Turistik axborot- logistik markazi”ni tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2020 yil 20 oktyabrdagi 02-16/4911-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatimizda yangi turistik xizmatlar turlarini ko‘paytirish imkoniyatlari ortgan;
O‘zbekiston Respublikasida YaIMdagi turizm hajmini, turistik eksportning hajmini hamda mehmonxona va an’anaviy joylashtirish vositalari sonini oshishini jadallashtiruvchi ta’sirini baholash asosida o‘rta muddatli prognozlash bo‘yicha olingan ilmiy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi faoliyatida qo‘llanilgan (Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2020 yil 20 oktyabrdagi 02-16/4911-son ma’lumotnomasi). Natijada prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish mamlakatimizda turizm sohasi xizmatlarini, eksport hajmini hamda mehmonxona va an’anaviy joylashtirish vositalari sonini keyingi uch yil mobaynida COVID-19 pandemiyasi va inqiroz davridan oldingi ko‘rsatkichlarga etkazish yo‘nalishlari ishlab chiqilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish