Aminova Maqsuda Saminovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oziq-ovqat tovarlari B2B bozorida sotish tizimni takomillashtirish», 08.00.11–Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2020.4.PhD/Iqt1511.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ilyos Sultonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti huzuridagi PhD.03/28.08.2020.I.55.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:Ikramov Murat Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;Jabborov Kamoliddin Yo‘ldoshevich, iqtisodiyot fanlaribo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoqdavlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oziq-ovqat tovarlari B2B bozorida sotish tizimini takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oziq-ovqat tovarlari B2B bozorida qishloq xo‘jaligi xom ashyosi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlarini integratsiyalashda  etkazib berish zanjiri takomillashtirilgan;
B2B bozorida marketing faoliyatini tashkil etishda SEM modeli (xamkorlik darajasi (MCO), majburiyatlar (RCO), siyosat va amaliyot (RPP), sodiqlik (SAT) va ishonchlilik (TRUST) omillari) asosida oziq-ovqat tovarlari bozoridagi ulgurji savdo oqimlarini optimal boshqarish tuzilmasi ishlab chiqilgan;
oziq-ovqat tovarlari V2V bozori Likert shkalasi bo‘yicha o‘lchanib, DSS (Decision Support System)- qaror qabul qilishni qo‘llab quvvatlash tizimi asosida oziq-ovqat korxonalari mijozlari sonini ko‘paytirishning interaktiv yo‘llari ishlab chiqilgan;
oziq-ovqat tovarlari B2B bozorida  raqamli marketing kanallari bo‘lgan ijtimoiy mediya (SM), qidiruv tizimini optimallashtirish (SEO), Elektron pochta marketingi (email marketing) va kontent marketingdan foydalanib rakobatda ustunlikni ta`minlashga qaratilgan reaktiv va proaktiv yashil marketing strategiyasi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oziq-ovqat tovarlari B2B bozorida sotish tizimni takomillashtirish  bo‘yicha olingan natijalar asosida:
oziq-ovqat tovarlari B2B bozorida qishloq xo‘jaligi xom ashyosi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlarini integratsiyalashda  etkazib berish zanjiri takomillash bo‘yicha taklif “Tillo Domor” xususiy korxonasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi 2021 yil 21 maydagi 05/035-2-2187-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonaning boshqaruv xarajatlarini 5,1 foizga kamaytirishga erishilgan;
o‘zaro munosabatlarga asoslangan majburiyatlar, sodiqlik va ishonchlilik omillari asosida B2B bozorida marketing faoliyatini tashkil etishning takomillashtirilgan SEM modeli O‘zbekiston Respublikasi oziq-ovqat sanoati korxonalarida foydalanilgan (O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi 2021 yil 21 maydagi  05/035-2-2187-son ma’lumotnomasi). Natijada oziq-ovqat sanoati korxonalarida logistika samaradorligi 1,4 foizga oshirishga erishilgan;
oziq-ovqat tovarlari V2V bozorida an’anaviy marketingning ko‘p kanalli raqamli marketing strategiyalardan foydalanish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi oziq-ovqat sanoati korxonalarida foydalanilgan (O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi 2021 yil 21 maydagi 05/035-2-2187-son ma’lumotnomasi). Natijada kompaniyalarning saytlari bo‘yicha axborotlardan foydalanuvchi mijozlar soni 2,3 martaga, onlayn tuzilgan shartnomalar soni 1,6 martaga oshgan;
oziq-ovqat tovarlari V2V bozorida raqobatda ustunlikni ta’minlashga qaratilgan reaktiv va proaktiv yashil marketing strategiyalari O‘zbekiston Respublikasi oziq-ovqat sanoati korxonalarining 2030 yilgacha bo‘lgan davrda rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi 2021 yil 21 maydagi 05/035-2-2187-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimizda oziq-ovqat tovarlari V2V bozorida moslashuvchan boshqaruv tizimi takomillashtirilib, oziq-ovqat havfsizligini ta’minlash imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish