Qurbanbaev Elyor Baxtiyarovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslikshifri: “Paxtani havodan ajratish-tozalash uskunasi konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash”, 05.06.02 – «To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish»ixtisosligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2019.3.PhD/T1339.
Ilmiy rahbar: Jumaniyazov Qadam, texnika fanlari doktori., professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Paxtasanoat ilmiy markazi» AJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01.
Rasmiy opponentlar: Sarimsaqov Olimjon Sharifjanovich, texnika fanlari doktori., professor.  Ismailov Alisher Abdulxaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxtani tozalash sifatini yaxshilashini va mayda iflos aralashmalardan tozalash samaradorligini oshirishni ta’minlovchi yangi separator-tozalagichni konstruksiyasini ishlab chiqish hamda uning parametrlari va ish rejimlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtani havodan ajratish va mayda iflosliklardan tozalashni ta’min-lovchi xavo o‘tkazuvchan plankali 6 ta barabanli separator-tozalagichning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
separator-tozalagichda tozalanayotgan paxta xomashyosini barabanlar va to‘rli yuza oralig‘ida xarakatlanishida aerodinamik qarshilikni kamaytirish uchun xavo o‘tkazuvchan plpnkali barabanning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
separator-tozalagichning xavo o‘tkazuvchan plankali barabanlari bilan tozalaniladigan paxta xomashyosining o‘zaro ta’sirlashish kuchlarining nazariy bog‘liklik tenglamalari keltirib chiqarilgan;
nazariy va amaliy ilmiy-tadqiqotlar natijasida ishlab chiqilgan separator-tozalagichning asosiy parametr ko‘rsatkichlari aniqlangan va ilmiy asoslangan, texnik echimlarning yangiligi O‘zbekiston Respublikasi itellektual mulk agentligi tomonidan FAP 01576 sonli foydali modelga patent olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paxtani havodan ajratish-tozalash uskunasi konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
paxta xom-ashyosi uchun separator-tozalagichga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (№ FAP 01576-2020y.). Natijada bunday separator-tozalagichlarni qo‘llanilishi paxta xomashyosini mayda iflosliklardan tozalash samaradorligini, mavjud separatorga nisbatan, 20–30 % ga  yaxshilashga erishilgan;
ishlab chiqilgan paxta xom-ashyosi uchun separator-tozalagich “Qoraqolpoq paxtasanoat” AJ ning “To‘rtko‘l” paxta tozalash korxonasi quritish tozalash sexiga  tadbiq etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJ ning 2020 yil 27 oktyabrdagi №03-18/2547 sonli ma’lumotnomasi). Natijada tozalash agregati UXK da aspiratsiya uchun sarflanadigan elektroenergiya sarfini tejab qolish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish