Boltaev Sherzod Tuyliboevichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Axborot xavfsizligida mantiqiy kontrollerlar asosida avtomat modellarini yaratish usullari va texnologiyalari», 05.01.05–Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/T587.
Ilmiy rahbar: Kabulov Anvar Vasilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.FM.01.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Tuychiev G‘ulom Numonovich, fizika-matematika fanlari doktori; Sattarov Alijon Bozorboevich, fizika-matematika fanlari bo‘yicha bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘rnatilgan tizimlardagi algoritmlarning diz’yunktiv normal shaklda berilgan bul` funksiya tizimlari uchun dinamik funksional jadvallar asosida axborot xavfsizligining algoritmik avtomat modellarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dinamik funksional jadvallar va boshqaruv agregatlar asosida axborot tizimlarining xavfsizligi va uni tahlil qilish uchun algoritmik avtomat model va usul ishlab chiqilgan;
diz’yunktiv normal shakldagi bul` funksiyalar asosida kriptografik va axborot xavfsizligi algoritmlarining mantiqiy amalga oshirish usuli ishlab chiqilgan;
diz’yunktiv normal shakldagi bul` funksiyalar va mantiqiy kontrollerlarning CAD loyihalashtirish tizimi asosida kriptografik algoritmlar, axborotning texnik himoya usul va vositalari takomillashtirilgan;
dekodlash va diskret monoton funksiyalarning maksimal yuqori nollarini topish orqali diskret ekstremal masalalarni echilgan;
o‘rnatilgan tizimlarda kriptotizim va kriptografik algoritmlarning diz’yunktiv normal shakllar sinfida optimal bo‘lgan bul` funksiyalari topilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Axborot xavfsizligini ta’minlashning taqsimlangan tizimlarini yaratish usullari va avtomat modellarining takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
diskret ekstremal masalalarni diskret monoton funksiyalarni qurish va maksimal yuqori nollarini izlash masalasiga diskret ekstremal masalalarni akslantirish teoremalari va samarali algoritmlaridan;
BV-M-F4-004 raqamli “Murakkab tizimlarni boshqarishning algoritmlashtirish prinsiplarini ishlab chiqish” fundamental loyihasida algoritmik model yaratishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 7 maydagi 33-8/3343-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi funksional jadval asosida boshkaruv ob’ektlari va axborot xavfsizligi algoritmik tizimini yaratish imkonini bergan;
o‘rnatilgan tizimlarda kriptotizim va kriptografik algoritmlarning graf sxemalari va bul funksiyalari, diz’yunktiv normal formalarning optimal sinflaridan BV-M-F4-004 raqamli “Murakkab tizimlarni boshqarishning algoritmlashtirish prinsiplarini ishlab chiqish” fundamental loyihasida boshqaruv agregat monitorlarini yaratishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 7 maydagi 33-8/3343-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi ko‘p darajali boshqaruv tizimlarining ishlash samaradorligini oshirish imkonini bergan.