Umaralieva Mamuraxon Tashxodjaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Biologiyani o‘qitishda o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirish metodikasini takomillashtirish» (13.00.02) –Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya), (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped1004.
Ilmiy rahbar: Tolipova Jamila Olimjonovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/30.09.2019.V.91.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Raximov Atanazar Karimovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Inogamova Dilfuza Raxmatullaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarda biologiya faniga oid kompetensiyalarni shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
biologiya faniga oid kompetensiyalarning ilmiy bilish, amaliyot, ekologik madaniyatga doir funksional komponentlari ta’lim mazmunining bilimlar, faoliyat usullari, ijodiy faoliyat tajribalari, qadriyatlar tizimiga integratsiyasi asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishning strukturaviy–funksional modeli motivatsion, kognitiv, faoliyatli, refleksiv bosqichlarda bilish mustaqilligini rivojlantirish orqali kompetensiyalar shakllanganligi reproduktiv, algoritmik, qisman izlanuvchan, mustaqil tadqiqiy darajalari hamda bilish, tushunish, qo‘llash, tahlil, xulosalash, g‘oyalar generatsiyasi ko‘rsatkichlari mazmunini ochib berish asosida ishlab chiqilgan;
biologiyani kompetensiyaviy yondashuv ustuvorligida o‘qitishning o‘quv-metodik ta’minoti o‘qituvchining pedagogik hamda o‘quvchining o‘quv faoliyatlari uzviyligini ta’minlovchi didaktik, pedagogik, tashxis o‘quv-uslubiy materiallar majmuasini yaratish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda biologiya faniga oid kompetensiyalarning shakllanganlik darajasini nazorat qilish va baholash metodikasi Xalqaro baholash dasturi PISA (Programme for International Student Assesment) tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik kompetensiyalari talablari doirasida o‘quv maqsadlari taksonomiyasiga asoslangan ierarxik topshiriqlar tizimini yaratish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Biologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
biologiya faniga oid kompetensiyalarning ilmiy bilish, amaliyot, ekologik madaniyatga doir funksional komponentlari ta’lim mazmunining bilimlar, faoliyat usullari, ijodiy faoliyat tajribalari, qadriyatlar tizimiga integratsiyasiga doir taklif va tavsiyalardan «Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartining biologiya o‘quv fani bo‘yicha bitiruvchilarga qo‘yiladigan malaka talablari» va «Biologiya fanidan o‘quv dasturlari»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2020 yil 27 avgustdagi 01/11-03-03-930-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining 2020 yil 22 oktyabrdagi 01-02/3-703-son ma’lumotnomalari). Natijada, o‘quvchilarda fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun biologiya faniga oid kompetensiyalarni shakllantirish imkonini bergan;
o‘quvchilarda biologiya faniga oid kompetensiyalarni shakllantirishning strukturaviy-funksional modeliga doir taklif va tavsiyalaridan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinf o‘quvchilari uchun «Biologiya» darsligi, o‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari uchun «Biologiya» darsligi, o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinfi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari uchun «Biologiya» darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2020 yil 27 avgustdagi 01/11-03-03-930-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur darsliklar o‘quvchilarda biologiya faniga oid kompetensiyalarni shakllantirish samaradorligini oshirish imkonini bergan;
o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, motivatsiyasini orttirishga yo‘naltirilgan o‘quv-uslubiy materiallar asosida biologiya faniga oid kompetensiyalarni shakllantirishning didaktik va metodik ta’minotini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar «Botanika darslari (5-sinf)», «Botanika darslari (6-sinf)», «Odam va uning salomatligi darslari (8-sinf)», «Biologiya darslari» o‘quv-metodik qo‘llanmalarini ishlab chiqishda foydalanilgan, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazining «Biologiya fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar» moduli, «Biologiya fanini o‘qitish metodikasi» moduli, «Tanlov o‘quv moduli» ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2020 yil 27 avgustdagi 01/11-03-03-930-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda biologiya faniga oid kompetensiyalarni shakllantirishning metodik ta’minotini takomillashtirish imkonini bergan;
o‘quvchilarda biologiya faniga oid kompetensiyalarning shakllanganlik darajasini nazorat qilish va baholashga yo‘naltirilgan o‘quv maqsadlari taksonomiyasiga asoslangan ierarxik topshiriqlar tizimiga oid taklif va tavsiyalar asosida 5-, 6-sinflar uchun “Biologiyadan mustaqil o‘quv-ish daftari”, «Ilm sari ilk qadam» nomli yosh tadqiqotchi kundaligi, «Biologiya» o‘quv qo‘llanmalari ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining 2020 yil 22 oktyabrdagi 01-02/3-703-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2020 yil 27 avgustdagi 01/11-03-03-930-son ma’lumotnomalari). Mazkur qo‘llanmalar o‘quvchilarning savodxonlik darajasini orttirish, mustaqil ta’limni joriy etish va rivojlantirish vazifalarini amalga oshirishga xizmat qilgan. Natijada o‘quvchilarda biologiya faniga oid kompetensiyalarning shakllanganlik darajasini nazorat qilish va baholash metodikasini takomillashtirish imkonini bergan.