Saparbaev Bunyod Xurrambek o‘g‘lining
falsafadoktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Muhammad Rahimxon I davrida Xiva xonligi tarixi (1806-1825-yy.)”, 07.00.01 – O‘zbekistontarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tar243.
Ilmiy rahbar: Koshhanov Baxitbay Abdikerimovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Xorazm Ma’mun akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti,PhD.03/30.12.2019.Tar.20.05.
Rasmiy opponentlar: Shamambetov Berdambet, tarix fanlari doktori, professor; Seytimbetov Minsizbay Kazakbaevich,tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Muhammad Rahimxon I davridagi Xiva xonligi tarixini, siyosiy, harbiy, madaniy jarayonlar tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XVIII asr oxiri – XIX asr boshlarida xonlikda soxta va layoqatsiz xonlarning taxtga chiqarilishi, ularning nomidan boshqa kishilarning davlatni idora qilishi mintaqada siyosiy vaziyatni beqarorligiga olib kelib, mazkur jarayonda Muhammad Rahimxon I ning taxtga kelishi xonlikni birlashtirishga hamda iqtisodiy-ijtimoiy hayotni barqarorlashuviga zamin yaratganligi isbotlangan;
Muxammad Rahimxon I ning davlat boshqaruvidagi islohoti (Oliy kengashning tuzilishi) hamda muntazam armiyaning tashkil etilishi bir tomondan ichki boshboshdoqlik va hududdagi o‘zaro nizolarga barham berib, xonlikning mintaqadagi siyosiy nufuzini mustahkamlash barobarida tashqi tahdidlarning kamayishiga olib kelganligi dalillangan;
Muhammad Rahimxon I ning davlat arbobi va mohir diplomat sifatida o‘zini to‘la namoyon qila olishi natijasida qo‘shni davlatlar, xususan, Eron, Xuroson, Buxoro va Rossiya kabi mamlakatlar bilan o‘zaro munosabatlar yaxshilanishi xonlik iqtisodiy hayotida tashqi savdoning o‘sishiga imkon yaratganligi asoslangan;
XIX asr birinchi yarmida xonlikda tinch va osoyishta hayotning ta’minlanishi mamlakat hududida obodonchilik va qurilish ishlarining yuksalishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatib, bu holat Xorazmdagi qadimgi an’anaviy arxitektura sohasining rivojlanishi (1809 yili Qutlimurod inoq madrasasi barpo qilinishi, Xiva shahrining o‘zida 120 madrasa, 63 qorixona mavjud bo‘lganligi) hamda Munis va Ogahiy kabi tarixnavis va iqtidorli shoirlarning etishib chiqishida namoyon bo‘lganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xiva xonligi tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va tavsiyalar asosida:
XIX asr birinchi yarmida xonlikda hududida obodonchilik va qurilish ishlarining yuksalishi,qadimgi an’anaviy arxitektura sohasining rivojlanishi (1809 yili Qutlimurod inoq madrasasi barpo qilinishi, Xiva shahrining o‘zida 120 madrasa, 63 qorixona mavjud bo‘lganligi) hamda Munis va Ogahiy kabi tarixnavis va iqtidorli shoirlarning etishib chiqishiga oid ilmiynatijalardan Xorazm viloyati “Avesto” muzeyiningeksponatlar bazasini boyitishda foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2020 yil 14 oktyabrdagi01-53-14/10-20-son ma’lumotnomasi). Natijada, muzeyga tashrif buyuruvchilarga XVIII asr oxiri – XIX asr boshlarida Xiva xonligidagi madaniy hayot to‘g‘risidagi yangi ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyatini yaratgan;
XVIII asr oxiri – XIX asr boshlarida Xiva xonligidagisiyosiy vaziyat, Muhammad Rahimxon I ning taxtga kelishi, uning davlat boshqaruvidagi islohoti (Oliy kengashning tuzilishi) hamda muntazam armiyaning tashkil etilishi, xonlikning mintaqadagi siyosiy nufuzini mustahkamlani kabi ilmiy natijalardan Xorazm viloyat teleradiokompaniyasi “Xorazm” telekanalining ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy mavzusidagi “Kitobxon vaqti” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2020 yil 2 oktyabrdagi 10/20-170 va 10/20-171-son ma’lumotnomalari). Natijalar keng xalq ommasiga Xiva xoni Muxammad Rahimxon I (1806-1825) davrida Xiva xonligida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar olish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi milliy teleradiokompaniyasining «Qaraqalpaqstan» telekanalining ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy mavzudagi «Ulkemiz boylap» ko‘rsatuvini tayyorlash jarayonida foydalanildi. Tadqiqot natijalari, jumladan, Muhammad Rahimxon I davridagi Xiva xonligi tarixiga oid ma’lumotlar «Qaraqalpaqstan» telekanalida namoyish etiladigan teleko‘rsatuvlarni tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qildi.(Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasi «Qaraqalpaqstan» telekanalining 2020 yil 11 apreldagi № 01-02/224-son ma’lumotnomasi).