Norova Gulsanam Maxsutovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tili Zarafshon vohasi o‘zbek shevalari leksikasining lingvoareal tadqiqi”. 10.00.01 – O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fil942.
Ilmiy rahbar: Murodova Nigora Qulievna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02.
Rasmiy opponentlar: Jumanazarova Guljahon Umrzaqovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Qilichev Bayramali Ergashevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Zarafshon vohasi o‘zbek shevalarining leksik xususiyatlarini tavsiflash, turkiy tillar va qadimgi yozma yodgorliklar tili materiallari bilan qiyoslash, lisoniy-jug‘rofiy yo‘nalishda mazkur hudud o‘zbek shevalarining areal tarqalishini xaritalashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Zarafshon vohasi o‘zbek shevalari bo‘yicha tuzilgan xaritalar natijalaridan shevalar voqeligining hozirgi chegaralarini to‘g‘ri talqin etish uchun til taraqqiyotining qadimgi davrida emas, balki eski turkiy til, eski o‘zbek tili, hozirgi o‘zbek adabiy tili davrlarida ham yuz bergan lisoniy jarayonlar ekanligi aniqlangan;  
to‘plangan sheva materiallarining areali asosida tuzilgan 10 ta xaritada do‘ppi, sigir, yostiq, yalpiz, chakich, isiriq, angishpona, nimcha, og‘iz suti, supurgi so‘zlarining 70 dan ortiq variantlari mavjudligi aniqlangan;
Zarafshon vohasi o‘zbek shevalarining lug‘at tarkibi Jizzax, Qashqadaryo, Xorazm, Andijon, Toshkent, Surxondaryo o‘zbek shevalari leksikasi bilan qiyoslanib, ularning mavzuiy guruhlari leksik-semantik xususiyatlari etnolisoniy jihatdan dalillangan; 
Zarafshon vohasi o‘zbek xalq shevalari leksik tarkibiga xos bo‘lgan ikki mingga yaqin so‘zning tahlilida o‘zbek shevalarining paydo bo‘lishida qatnashgan turkiy va turkiy bo‘lmagan  etnik  guruhlarning o‘zaro aloqalari natijasida ro‘y bergan etnolingvistik taraqqiyot jarayoni etnolisoniy jihatdan  ochib berilgan;
Zarafshon vohasi o‘zbek xalq shevalari leksik qatlamiga oid    izoglossalar tarixi qadimgi turkiy til va o‘zga tillar bilan chog‘ishtirilib, ularning tarqalish chegarasini ko‘rsatuvchi lingvistik xaritalar va lug‘at  yaratilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbek tili Zarafshon vohasi o‘zbek shevalari leksikasining lingvoareal tadqiqi”bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va tavsiyalardan:
XT-F2-004 raqamli “O‘zbek xalq pedagogikasi va fol`klor an’analari” mavzusidagi fundamental loyihaning nazariy qismida Zarafshon vohasi o‘zbek xalq shevalari leksik qatlamiga oid izoglossalarning lingvistik xaritalari va lug‘atidan, Zarafshon vohasi o‘zbek shevalari bo‘yicha tuzilgan xarita natijalaridan shevalar voqeligining hozirgi chegaralarini to‘g‘ri talqin etish uchun bu chegaralar taraqqiyotning barcha bosib o‘tgan yo‘li faqat qadimda emas, balki keyingi davrlarda ham yuz bergan lisoniy jarayonlar ekanligi  haqidagi natijalardan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2020 yil 9 noyabrdagi 89-03-5151-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyihaning nazariy asoslanishiga hamda ilmiy materiallar bilan ta’minlanishiga erishilgan; 
to‘plangan sheva materiallarining areali  asosida tuzilgan 10 ta xaritada do‘ppi, sigir, yostiq, yalpiz, chakich, isiriq, angishpona, nimcha, og‘iz suti, supurgi so‘zlarining 70 dan ortiq variantlaridan FA-F1-G002 raqamli “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2020 yil 12 noyabrdagi 17.01/131-son ma’lumotnomasi). Natijada fol`klor asarlari matnida qo‘llangan shevaga oid birliklarni aniqlashda asos bo‘lib xizmat qilishi ko‘rsatilgan.
mazkur hudud o‘zbek shevalarining lug‘at tarkibi qadimgi turkiy tillar, Jizzax, Qashqadaryo, Xorazm, Andijon, Toshkent, Surxondaryo o‘zbek shevalari leksikasi bilan qiyoslanib, etimologik tahlillar orqali o‘xshash va farqli jihatlari aniqlangan faktik materiallaridan, Zarafshon vohasi o‘zbek shevalarini xaritalashtirish natijasida to‘plangan lisoniy  ma’lumotlardan FA-A1-G007 raqamli “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzusidagi amaliy loyihaning lug‘at qismida foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2020 yil 12 noyabrdagi 17.01/132-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek xalqining qadimiy urf-odatlari, madaniy qadriyatlar, xalq og‘zaki ijodi bo‘yicha to‘plangan materiallarni yoritishda manba vazifasini o‘tagan.
Zarafshon vohasi o‘zbek xalq shevalari leksik tarkibiga xos tahlilga tortilgan  va etnolisoniy jihatdan ochib berilgan 2000 mingga yaqin  so‘zlardan FA-F1-GOO3 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental loyihaning foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2020 yil 12 noyabrdagi 1701/133-son ma’lumotnomasi). Natijada qadimiy yasama so‘zlarning izohlari boyigan, mukammallashgan, yasama so‘zlar sifat jihatdan ma’lum darajada yangilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish