Matkarimov Xamidbek Olimbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xorazm vohasida arxeologik tadqiqotlar tarixi (qadimgi davrga oid tarixiy rekonstruksiya muammolari)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tar159.
Ilmiy rahbar: Sagdullaev Anatoliy Sagdullaevich, tarix fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.20.05.
Rasmiy opponentlar: Xolmatov Normaxammad O‘rozovich, tarix fanlari doktori; Sulaymanov Salamat Arepbaevich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Xorazm vohasida arxeologik tadqiqotlar tarixi va qadimgi davr (milodiy V asrga qadar) tarixiy rekonstruksiyasi muammolarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarixiy rekonstruksiya jarayonida Xorazm vohasidagi qadimgi davr urug‘ jamoalarining turmush tarzi, xo‘jalik shakllari hamda ijtimoiy belgilarini aniqlashda tabiiy muhit bilan birga mehnat qurollari, paleofauna va flora qoldiqlari asos bo‘lganligi isbotlangan;
mil. avv. II ming yillikning o‘rtalaridan Xorazm vohasida ishlab chiqaruvchi xo‘jalikning vujudga kelishi natijasida, voha aholisining hududiy joylashish chegaralarining keskin o‘zgarishi va Oqchadaryo o‘zani tarmoqlari bo‘ylab ko‘psonli manzilgohlarni paydo bo‘lishi hududning antropogen landshaft rivojiga ijobiy ta’sir qilganligi dalillangan;
tarixiy rekonstruksiyasi natijasida vohada mil. avv. VII–VI asr o‘rtalarida «Qadimgi Xorazm podsholigi»ning mavjudligi yoxud Xorazmning O‘rta Osiyoda siyosiy yetakchiligi (Parfiya, Ariya, Marg‘iyona va Sug‘dni birlashtirgan «Katta Xorazm» nazariyasi) yozma va arxeologiya ma’lumotlarida o‘z aksini topmaganligi holati va Xorazm podsholigining ilk bor mil. avv. IV asrda vujudga kelishi jarayoni isbotlab berilgan;
markazlashgan davlat – Xorazm podsholigining mil. avv. IV – milodiy III asrlar antik davrda shakllanishi va rivojlanishi, ixtisoslashgan qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik sohalari, savdo-sotiq va iqtisodiy kommunikatsiyalar, shaharsozlik va me’morchilik, moddiy va ma’naviy madaniyat, qadimgi Xorazm yozuvi va tasviriy san’at taraqqiyotining yuqori darajasini belgilab beruvchi bosh omil bo‘lganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm vohasida arxeologik tadqiqotlar tarixi masalasini tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va xulosalar asosida:
markazlashgan davlat – Xorazm podsholigining mil. avv. IV – milodiy III asrlar antik davrda shakllanishi va rivojlanishi, moddiy va ma’naviy madaniyat, qadimgi Xorazm yozuvi va tasviriy san’at taraqqiyotining yuqori darajasini belgilab beruvchi bosh omil bo‘lganligi kabi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yilga mo‘ljallangan rejasining moddiy-madaniy meros ob’ektlarini restavratsiya qilish bandida ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 2 iyundagi 01-12-14-2168-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi Xiva shahridagi moddiy-madaniy meros ob’ektlarini qayta tiklash jarayoniga ilmiy yondashuvlarni joriy etish imkonini bergan;
tarixiy rekonstruksiyasi natijasida Xorazm vohasida mil. avv. VII–VI asr o‘rtalarida «Qadimgi Xorazm podsholigi»ning mavjudligi yoxud Xorazmning O‘rta Osiyoda siyosiy yetakchiligi («Katta Xorazm» nazariyasi) yozma va arxeologiya ma’lumotlarida o‘z aksini topmaganligi va Xorazm podsholigining ilk bor mil. avv. IV asrda vujudga kelishi to‘g‘risidagi xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida (2017-2020 yy.) bajarilgan OT-F1-029 «O‘zbek davlatchiligi tarixida sug‘diy til va yozuvning tutgan o‘rni (miloddan avvalgi II – milodiy XII asrlar)» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 dekabrdagi 89-03-5611-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari sug‘diy yozuv namunalari tarqalgan hududlar klassifikatsiyasini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
tarixiy rekonstruksiya jarayonida Xorazm vohasidagi qadimgi davr urug‘ jamoalarining turmush tarzi, xo‘jalik shakllari hamda ijtimoiy belgilarini aniqlashda tabiiy muhit bilan birga mehnat qurollari, paleofauna va flora qoldiqlari asos bo‘lganligi va mil. avv. II ming yillikning o‘rtalaridan Xorazm vohasida ishlab chiqaruvchi xo‘jalikning vujudga kelishi natijasida, voha aholisining hududiy joylashish chegaralarining keskin o‘zgarishi va Oqchadaryo o‘zani tarmoqlari bo‘ylab ko‘psonli manzilgohlarni paydo bo‘lishi hududning antropogen landshaft rivojiga ijobiy ta’sir qilganligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston tarixi» telekanalida «Xayrli tong» dasturining 2019 yil 29 noyabrda Xorazm tarixiga bag‘ishlangan ko‘rsatuv ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» telekanalining 2020 yil 29 iyuldagi 02-40-746-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar teletomoshabinlarning Qadimgi Xorazm vohasidagi ijtimoiy munosabatlar haqidagi bilimlarini boyitishga xizmat qilgan.