Idrisov Rashid Baysovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘istonda kitob nashriyoti tarixi (1924-1991 yy)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2020.3.PhD/Tar309.
Ilmiy rahbar: Nurjanov Sabit Uzaqbaevich, tarix fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
 IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.20.05.
Rasmiy opponentlar: Shodmonova Sanovar Bazorbaevna, tarix fanlari doktori, professor; Sulaymanov Salamat Arepbaevich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1924-1991 yillarda Qoraqalpog‘iston kitob nashriyoti va matbaa sanoatining rivojlanish tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sobiq sovet hukmronligining dastlabki yillarida Qoraqalpog‘iston sharoitida mavjud yagona bosmaxona nafaqat kitob chiqarish, balki gazeta nashr etish ehtiyojlarini ham qondira olmaganligi sababli kitob mahsulotlarini nashr etish muammolari asosan Toshkent va Moskvada nashr etish orqali hal etilganligi dalillangan; 
XX asrning 30-yillarida ommaviy kitobxonlik madaniyatini tashkil etish siyosati - « kul`tpoxod» doirasida amalga oshirilishi qoraqalpoq tilidagi nashrlarning adadi ortishiga xizmat qilsa-da sohadagi yosh milliy ziyolilarning qatag‘on qilinishi kitoblarni chop etish holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi isbotlangan;
1950-1970 yillarning oxiriga kelib sovet-partiya apparati tomonidan tahririyot va nashriyot faoliyatining qat’iy nazoratga olinishi sharoitida  asosan mafkuraviy xarakterga ega kitoblar nashr etilib, qoraqalpoq tilidagi badiiy adabiyotlarga  bo‘lgan ehtiyoj qoplanmaganligi asoslangan;
1980 yillar oxiridagi iqtisodiy inqiroz Qoraqalpog‘istonning poligrafiya sanoati korxonalarini qisqarishiga, xo‘jalik shartnomalarining har tomonlama buzilishiga, qog‘oz tanqisligiga, ijro intizomining  susayishiga sabab bo‘lib, bu holat sohadagi ichki sxemalar va rejali ko‘rsatkichlarni pasayishiga olib kelganligi dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘istonning kitob nashriyoti va matbaa sanoati masalalarini kompleks o‘rganish asosida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar, natijalar va amaliy tavsiyalar asosida:
1970 yillarda Qoraqalpog‘iston matbaa sohasi qoraqalpoq tilidagi darsliklar, o‘quv-uslubiy va badiiy adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyoji, nashr etilgan kitoblarning mafkuraviy sohadagi o‘rni, ijtimoiy-siyosiy xarakteriga hamda sobiq sovet-partiya apparati tomonidan tahririyot va nashriyot faoliyatining qat’iy nazoratiga oid ilmiy-nazariy yondashuvlar O‘zR FA QQB QGFITI ning «Transformatsiya sotsial`nix ustanovok v karakalpakskom obshhestve: istoriya i praktika» PZ-20170915198-son fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zR FA QQB Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining  2020 yil 2 noyabrdagi 225/1-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar XX Qoraqalpog‘istonda hududida kitoblarning yaratildishi va tarqalishining qoraqalpoq jamiyatining rivojlanishidagi o‘rnini ochib berishga xizmat qilgan;
Qoraqalpoq tilidagi arab yozuvidagi dastlabki kitoblarni paydo bo‘lishi, lotin alifbosidan kirill alifbosiga o‘tish jarayoni, 1930-yillarda ijodiy ziyolilarning qatag‘on qilinishiga oid ilmiy materiallardan  Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi fondlarida nodir nashrlar va qo‘lyozmalar ekspozisiyasini tashkil etishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 26 avgust 2-04/1029-son ma’lumotnomasi). Natijalar muzey ekspozisiyasini sohaga oid yangi materiallar bilan boyitish bilan birgalikda sohaga oid ma’lumotlarni faktik manbalar asosida yoritishga xizmat qilgan;
XIX asrning oxiri – XX asrning boshlarida Qoraqalpog‘istonda ilk xususiy bosmaxonalar tashkil topishi sohaning shakllanishi, ularning sobiq sovet hokimiyatining dastlabki yillarida musodara etilish jarayoni, hududda nashriyot ishlarini sustlashishiga oid ilmiy natijalardan Qoraqalpog‘istan Respublikasi teleradiokompaniyasining «Assalao‘ma aleykum Qaraqalpaqstan!», «Qaraqalpaqstan - ana diyar», «Үlkemiz boylap», «Jaslar hәm bilimlendirio‘», «Tariyxiy tulg‘alar» nomli ko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2020 yil 20 oktyabrdagi 01-02/1202-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari teletomoshabinlarga ob’ektiv ma’lumotlar etkazilib, aholi, ayniqsa, yoshlarda kitob va kitobxonlik madaniyatini oshirish va targ‘ib qilish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari mazmunini oshirishga imkon bergan;
respublika poligrafiya sohasining shakllanish tarixi, ilk qoraqalpoq tilidagi kitoblarining nashr qilinishi, bosmaxona tahririyatining faoliyati, Nukus poligrafkombinatida nashr etilgan kitoblarning tavsifi va sifati to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston  milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston  tarixi» telekanali  «Moziydan sado», «Qoraqalpoq diyori» teleko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekiston” teleradiokanali unitar korxonasining  2021 yil 4 martdagi 02-40-317-son ma’lumotnomasi). Natijalar tomoshabinlarning sovet davrida qoraqalpoq tilidagi badiiy adabiyotlarni chop etilishi bo‘yicha tasavvurlarini boyitishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish