Ataeva Dilfuza Pulatovnaning
falsafa doktori(PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslikshifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xorazm viloyati xotin-qizlarining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotidagi o‘rni (1991-2018 yillar)”. 07.00.01 –O‘zbekistontarixi (tarixfanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatgaolinganraqam:B2019.2.RhD/Tar452.
Ilmiy rahbar: Bobojonova Dilorom Bobojonovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoqdavlat universiteti,PhD.03/30.12.2019.Tar.20.05.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Yaxshibeka Atamuratovna, tarix fanlari doktori, professor;Nurjanov Sabit Uzakbaevich, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maksadi 1991-2018 yillarda xotin-qizlarining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotidagi o‘rni masalalarini Xorazm viloyati misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqikotning ilmiy yangiligi:
mustaqillikning dastlabki yillarida respublika hayotida ayollarning teng asosda ishtirok etishiga erishish uchun ularning ijtimoiy maqomi yuksaltirilib, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirilishi natijasida jamiyat institutlari o‘zaro muloqotlarining faol sub’ektiga aylanganligi dalillangan.
respublikada bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida aholi daromadlarining kamayishi, muayyan kasb-hunardan ajralishi natijasida oilaning moddiy daromadlarining kamayishi pirovardida gender muvozanati buzilishiga olib kelganligi isbotlangan;
viloyatda xotin-qizlarning tadbirkorlikka oid bilimlarini oshirishga qaratilgan o‘quv kurslarining ochilishi, kredit uyushmalarini tashkil etilishi, nodavlat, notijorat va xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda yangi ish joylarini yaratilishi, mehnat faoliyatini uy-ro‘zg‘or yumushlari bilan birga olib borishi uchun kasanachilikni rivojlantirilishi ayollarning mehnat bandligini kuchaytirishga xizmat qilganligi asoslangan;
so‘nggi yillarda xotin-qizlarning ta’lim kvotalarini oshirilishi, intelektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadidagrantlarni taqdim qilinishi viloyatda ayollarning ilm-fan sohasida ishtirokining kengayishiga hamda mazkur sohada gender muvozanatining ijobiy tarafga o‘zgarishiga olib kelganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm viloyati xotin-qizlarining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotidagi ishtirokiga oid ilmiy natijalar, xulosa va amaliy takliflar asosida:
mustaqillikning dastlabki yillarida respublika hayotida ayollarning teng asosda ishtirok etishiga erishish uchun ularning ijtimoiy maqomi yuksaltirilib, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirilishi natijasida jamiyat institutlari o‘zaro muloqotlarining faol sub’ektiga aylanganishiga oid natijalardan “Mahalla va Oilani qo‘llab-quvvatlash Vazirligi”ning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish vazifalarining Xorazm viloyatidagi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va Oilani qo‘llab-quvvatlash Vazirligining 2020 yil 28 avgustdagi 02-09/1020-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi oila mustahkamligini ta’minlashga qaratilgan davlat siyosatining ijtimoiy ahamiyatini ommaga etkazish va dasturlarni mazmunan boyitishga xizmat qilgan;
respublikada bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida aholi daromadlarining kamayishi, muayyan kasb-hunardan ajralishi natijasida oilaning moddiy daromadlarining kamayishi pirovardida gender muvozanati buzilishiga olib kelinishiga oid natijalardan Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi Xorazm viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan so‘rovnomalarni o‘tkazishda foydalanilgan. (O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining 2020 yil 23 sentyabrdagi 04-06/128-sonli dalolatnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishda ularning o‘rni va rolini yanada kuchaytirishga qaratilgan samarali yondashuvlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
viloyatda xotin-qizlarning tadbirkorlikka oid bilimlarini oshirishga qaratilgan o‘quv kurslarining ochilishi, kredit uyushmalarini tashkil etilishi, nodavlat, notijorat va xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda yangi ish joylarini yaratilishi, mehnat faoliyatini uy-ro‘zg‘or yumushlari bilan birga olib borishi uchun kasanachilikni rivojlantirilishi ayollarning mehnat bandligini kuchaytirishga xizmat qilganligi bilan bog‘liq natijalardan 2015 yil 31 mayda Xorazm viloyat teleradiokompaniyasida"ma’naviyat saboklari" va 2019 yil 6 martda Xorazm TV da "Xorazmnoma" teledasturlari ssenariylarini ishlab chiqishda foydalangan (Xorazm viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 28 avgustdagi 10/20-135-son ma’lumotnomasi) Tadqiqot natijalari xotin-qizlar huquqi va manfaatlarining davlat va jamiyat tomonidan muntazam himoya qilinishi orqali ayollar mavqei mustaxkamlanishining ahamiyatini kuchaytirishga oid yangicha qarashlarni shakllanishiga xizmat qilgan;
so‘nggi yillarda xotin-qizlarning ta’lim kvgotalarini oshirilishi, intelektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida grantlarni taqdim qilinishi viloyatda ayollarning ilm-fan sohasida ishtirokining kengayishiga hamda mazkur sohada gender muvozanatining ijobiy tarafga o‘zgarishiga oid natijalardanO'zLiDeP Xorazm viloyati Kengashining “Ayollar qanoti” tumanlardagi “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 13 oktyabrdagi “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ijtimoiy dasturlar ishlab chiqishda foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O'zLiDeP ning 2020 yil 22 sentyabrdagi 01-27/411-son ma’lumotnomasi). Natijada takdim etilgan materiallar xotin-qizlarning tarixdagi tutgan o‘rni, oila va jamiyatdagi mavqei, davlat boshqaruvi va qarorlar qabul qilishdagi ishtiroki, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi faoliyati hakida keng ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga xizmat qilgan.