Tuxliev Bozor Karimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Investisiyalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish»,08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit(iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2021.2.DSc/Iqt301.
Ilmiy maslahatchi: Isroilov Bahodir Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iktisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: G‘ulomov Saidaxror Saidaxmedovich iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Sattarov Odiljon Berdimuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent;Mustafaqulov Sherzod Igamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchitashkilot:Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Investisiya faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlar investisiya calohiyatini baholovchi ko‘rsatkichlar tarkibiga hududdagi korxonalar investisiya salohiyati, mahalliy resurslar salohiyati, hududning mehnat salohiyati,  aholining investisiya salohiyati, xorijiy investisiya salohiyati ko‘rsatkichlarini kiritish va ularni hisoblash uslubiyoti taklif etilgan; 
hududlarning investisiya faoliyati natijalarini baholashda kompleks ko‘rsatkichdan foydalanish tavsiya etilgan; 
investisiyalarni moliyalashtirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida,  qonun hujjatlariga "investisiya soliq krediti" va "investisiya subsidiyasi”  berish  tartiblarini joriy etish taklif qilingan; 
qishloq xo‘jaligi korxonalariga investisiya oqimini rag‘batlantirish maqsadida infratuzilma xarajatlari uchun davlat subsidiyasi ajratishning maqsadga muvofiqligi asoslangan; 
investisiya mablag‘larini maqbul taqsimlash evaziga O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulot miqdorini 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Investisiyalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hududlar investisiya calohiyatini baholovchi ko‘rsatkichlarni hisoblash uslubiyoti to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 5 aprel` 04/032-1448-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 maydagi PF-5717-son «O‘zbekiston Respublikasi Investisiya dasturini shakllantirish va amalga oshirishning sifat jihatidan yangi tizimiga o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan; 
hududlarning investisiya faoliyati natijalarini baholashda kompleks ko‘rsatkichdan foydalanish to‘g‘risidagi  taklif O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida foydalanishga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 5 aprel` 04/032-1448-son ma’lumotnomasi).
Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakat hududlari hamda iqtisodiyot sohalarining investisiya faoliyatiga xolisona baho berish imkoniyati yaratilgan;
investisiyalarni moliyalashtirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida, qonun hujjatlapriga "investisiya soliq krediti" va "investisiya subsidiyasi” berish tartiblarini joriy etish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining «Investisiyalar va investisiya faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 2021 yil 31 martdagi 04/1-360-son xati). Mazkur taklifni qonunchilikda o‘z aksini topishi natijasida investisiya mablag‘lari manbalarini shakllantirish imkoniyati kengaytiriladi hamda korxonalarning investisiya salohiyati yanada oshadi va iqtisodiyotga kiritilayotgan investisiyalar hajmi o‘sishi ta’minlangani; 
qishloq xo‘jaligi korxonalariga investisiya oqimini rag‘batlantirish maqsadida infratuzilma xarajatlari uchun davlat subsidiyasi ajratish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 oktyabrdagi PF-5853-son Farmoni bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi»da o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 5 aprel` 04/032-1448-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish bo‘yicha 2021 yilda erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini zarur infratuzilmalar bilan ta’minlash uchun 1,6  trillion so‘m yo‘naltirilishi rejalashtirilgan . Infratuzilma ob’ektlari xarajatlarini qoplash uchun byudjetdan davlat subsidiyasi ajratish tartibini joriy etilishi natijasida hududlarning investisiya jozibadorligi yanada ortgan;
yuqori qo‘shimcha qiymat yaratuvchi istiqbolli sohalariga yo‘naltiriladigan investisiyalarni rag‘batlantirish maqsadida proteksionistik siyosatdan foydalanish va maxsus jamg‘armalardan imtiyozli kreditlar ajratish amaliyotini joriy etish to‘g‘risidagi tavsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 oktyabrdagi PF-5853-son Farmoni bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi» bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 5 apreldagi 04/032-1448-son ma’lumotnomasi). Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi asosida 3 trillion so‘mlik mablag‘ga ega bo‘ladigan hududlar infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilgan.  Jamg‘arma mablag‘lari mahalliy kengashlar takliflariga asosan infratuzilma loyihalarini qo‘shma moliyalashtirishga yo‘naltirilishi  belgilangan;
eksport qilishda maxsus ruxsatnoma hamda sertifikatlar uchun to‘lovlarni bekor qilish va eksportyor korxonalar investisiya loyihalari bo‘yicha soliq imtiyozlarini samarali qo‘llash hamda qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytarilishini qaytarish muddatini qisqartirish to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 noyabrdagi «Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-4525-son qarori bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligining 2020 yil 30 oktyabrdagi 06/06-04-01-32/2592-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida tadbirkorlik sub’ektlari mablag‘lari tejalishi va eksportyor korxonalar mablag‘larini o‘z vaqtida qaytarilishi evaziga investisiya imkoniyatlari oshadi ham mablag‘lar samaradorligi o‘sishi ta’minlangan;
investorlar huquqlarini himoyalash, mahalliy investorlarga berilgan imtiyozlarni chet el investoriga ham qo‘llash va mablag‘larni tasarruf qilish bo‘yicha cheklovlarni bekor qilish to‘g‘risidagi takliflar «2005 yil 2 avgustdagi 180-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida» gi 264-son qarori bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligining 2020 yil 30 oktyabrdagi 06/06-04-01-32/2592-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi xorijiy investorlarning mamlakatimizda investisiya muhiti va investorlarga berilgan huquqlar kafolatini ta’minlanishiga bo‘lgan ishonchlari o‘sishiga xizmat qilgan;
soliqlar, bojxona to‘lovlari va boshqa majburiy tulovlar bo‘yicha qo‘shimcha imtiyozlar chet ellik investorlar tomonidan tashkil etilgan chet ellik investisiyalar ishtirokidagi korxonalarga faqat aniq belgilangan muddatga berilishi tartibini joriy etish to‘g‘risida taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30 apreldagi «2005 yil  2 avgustdagi 180-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida» gi 264-son qarori bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligining 2020 yil 30 oktyabrdagi 06/06-04-01-32/2592-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga qo‘llanilishi investorlar investisiya majburiyatlarini bajarishga bo‘lgan mas’uliyatlarini oshirilishi ta’minlangan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish