Akbarxodjaev Aziz Axrarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sanator-kurort muassasalarining tibbiy-tashkiliy va ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat samaradorligini baholashning uslubiy yondashuvini takomillashtirish», 14.00.33 – Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tib413.
Ilmiy rahbar: Iskandarova Shaxnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Aziz Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Xamraev Atadjan Karimovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sanator-kurort muassasalarining tibbiy-tashkiliy va ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat samaradorligini baholashning uslubiy yondashuvini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
xalqaro tajriba va milliy sanator-kurort standartlarini takomillashtirishni  e’tiborga olgan xolda sanator-kurort muassasalarining tibbiy-tashkiliy va ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat samaradorligini balli usulda baholashning milliy modeli ishlab chiqilgan;  
rivojlangan davlatlar tajribasini inobatga olgan xolda ilk bor sanatoriylarda ob’ektiv balli baholashning qo‘llanilishi dam oluvchilar soni va moliyaviy ko‘rsatkichlarning ortishiga olib kelishi isbotlangan;
sanator-kurort tashxislash va davolash standartlarini tabiiy va xalq tabobati uslublari ustuvorligi negizida takomillashtirish sanator-kurort muassasalarida dori-darmonlarni buyurish tarkibi va xajmini optimallashtirishga, tabiiy davolash omillarini keng qo‘llashga hamda surunkali kasalliklarning qayta faollashishiga qadar bo‘lgan davrni uzayishiga (reabilitatsiya) olib kelishi isbotlangan;
sanatoriylarda reyting tizimini joriy etish orqali yillik o‘rin/kunlar rejasi va daromadning prognostik ko‘rsatkichlari takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanator-kurort muassasalarining tibbiy-tashkiliy va ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat samaradorligini aniqlash uchun ularning faoliyatini baholash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
sanator-kurort muassasalarining tibbiy-tashkiliy va ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat samaradorligini baholashda indikator va mezonlardan foydalanilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 24 dekabrdagi 8n-d/324-son ma’lumotnomasi). Natijada dori-darmonlarning buyurilishini optimallashitirish va tabiiy davolash omillarini maksimal miqdorda qo‘llash imkoniyati yaratilgan;  
sanator-kurort muassasalarining tibbiy-tashkiliy va ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat samaradorligini baholash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Toshkent shahridagi «Chinobod sanatoriysi AJ», «Botanika sanatoriysi MChJ» amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 7 iyuldagi 8n-z/75-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalari o‘rin/kun sonini oshirish, moliyaviy ko‘rsatkichlarni yaxshilash hamda surunkali kasalliklarning avj olishini oldini olish va asoratlarini kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish