Nurxodjaev Sabir Nasirxodjaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shaxs buzilishlari bilan kechadigan terapevtik rezistent depressiyalar shakllanishining klinik aspektlari va davolashni takomillashtirish», 14.00.18 – Psixiatriya va narkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib402.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Vasila Karimbekovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Alimov Ulugbek Xudoyorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Magzumova Shaxnoza Shaxzadeevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: shaxs buzilishlari bilan kechadigan terapevtik rezistent depressiyalar shakllanishining klinik aspektlarini baholash va davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxs buzilishlari bilan komorbid bo‘lgan terapevtik rezistent depressiyalarning yuzaga kelishini shakllantiradigan prediktorlarini baholash;
turli shaxs buzilishlari bilan komorbid bo‘lgan terapevtik rezistent depressiyalar kechishining klinik-psixopatologik xususiyatlarini baholash;
terapevtik rezistent depressiya bilan komorbid bo‘lgan turli shaxs buzilishlarini diagnostik tuzilishini baholash;
turli shaxs buzilishlari bilan komorbid bo‘lgan terapevtik rezistent depressiyani davolashga individual yondashuvlar ishlab chiqish.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Shaxs buzilishlari bilan kechadigan terapevtik rezistent depressiyalar shakllanishining klinik aspektlari va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
terapevtik rezistent depressiya bilan komorbid bo‘lgan turli shaxs buzilishlarini diagnostikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida «Terapevtik rezistent depressiyali bemorlarda shaxs buzilishlarini tashxislash uchun moslashtirilgan strukturali klinik so‘rovnoma» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 15 avgustdagi 8n–d/113-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma terapevtik rezistent depressiyali bemorlarda shaxs buzilishlarini tashxislash va davolash samaradorligini oshirish va ruhiy bemorlarning hayot sifati oshirish imkonini bergan;
shaxs buzilishlari bilan kechadigan terapevtik rezistent depressiyalar shakllanishining klinik aspektlari va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Qoraqolpog‘iton Respublikasi hamda Farg‘ona viloyati ruhiy asab kasalliklari disapanserlarining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 26 apreldagi 8n–z/80–son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasida bemorlardagi terapevtik rezistent depressiyalar bilan kechadigan shaxs buzilishlarini psixologik tashxislash sifatini yaxshilash, davolash-tashxislash taktikasini optimallashtirish, davo muddatini qisqartirish va kasallikni resedivsiz davrini uzaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish