Yusupov Ibrohimbekning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ikki o‘lchovli signallarga raqamli ishlov berish algoritmlari va dasturiy majmuasi», 05.01.04 – Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T2217.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Zaynidinov Xakimjon Nasiridinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti,DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:Mamatov Narzillo Solidjonovich, texnika fanlari doktori; Kaxxorov Aloxon Abrorovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xaar bo‘lak-polinomial bazislarida ikki o‘lchovli signallarni raqamli ishlash algoritmlari va dasturiy majmua yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Xaarning bo‘lak-polinomial bazislarida spektral koeffisientlarni hisoblashning tezkor algoritmlari ishlab chiqilgan;
bir va ikki o‘lchovli signallarni oktavalar usuli yordamida raqamli ishlash algoritmlari ishlab chiqilgan; 
cloud texnologiyalariga asoslangan platforma servis modeli yordamida bir va ikki o‘lchovli signallarga raqamli ishlov berish servisi va funksional sxemasi ishlab chiqilgan;
signallarni bo‘lak-polinomial bazislarda signallarga raqamli ishlov berish va servisini tashkil etish jarayonlarini modellashtirish uchun cloud texnologiyalarga asoslangan platforma servis modeli va natijalarni vizuallashtirish dasturiy majmuasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya tadqiqoti jarayonida olingan natijalar asosida:
Ikki o‘lchovli signallarga Xaarning bo‘lak-polinomial bazislarida raqamli ishlov berish algoritmlar, cloud servis va ularning dasturiy majmualari yordamida olingan ilmiy yangiliklar asosida:
bir o‘lchovli signallarga raqamli ishlov berishda Xaarning bo‘lak-polinomial bazislarini qo‘llash orqali ishlab chiqilgan dasturiy majmua “GM-Uzbekistan” aksiyadorlik jamiyatiga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ma’lumotnoma № 33-8/2357-son, 01.04.2021y.). Natijada, ma’lumotlarni qayta ishlash vaqtini qisqartirishga, mehnat unumdorligi 30%ga oshirishga va qayta ishlash natijalaridagi xatolikni 6%ga qisqartirish imkonini berdi;
oktavalar usulida ikki o‘lchovli geofizik signallariga raqamli ishlov berish dasturiy vositasi «Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti» davlat muassasasiga joriy qilingan(Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ma’lumotnoma№ 33-8/2357-son, 01.04.2021y.). Natijada yaratilgan dasturiy vosita geofizik tadqiqotlar, hususan er osti suvlari holati shart-sharoitlarini baxolash va geofizik maydonlarning anomal o‘zgarishlarini aniqlashning samaradorligi, olingan natijalarning informativligini, aniqligi va ishonchliligini oshirdi va xatolarni kamaytirishga olib keldi. Bunda signalning spektral koeffisientlarini hisoblashga ketadigan vaqtni 35% ga va xatolikni 18-22% ga kamaytirish imkonini berdi; 
bo‘lak-polinomial bazislarda biomedisina signallarini raqamli ishlash algoritmi asosida yaratilgan dasturiy majmua Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazining Andijon filialiga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ma’lumotnoma № 33-8/2357-son, 01.04.2021y.). Natijada spektral koeffisientlani hisoblashning tezkor algoritmi asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua yordamida biomedisina signallariga raqamli ishlov berishga ketgan vaqtni, ma’lumotlarning informativligi, hisoblashlar samaradorligini oshirishga imkon berdi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish