Maxmudjanov Sarvar Ulug‘bekovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «IoT texnologiyalariga yo‘naltirilgan signallarga raqamli ishlov berish algoritmlari va dasturiy majmuasi», 05.01.04 – Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T2216.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Zaynidinov Xakimjon Nasiridinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:Muxamedieva Dilnoz Tulkunovna, texnika fanlari doktori, professor; Raximov BaxtiyarSaidovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kubik, bikubik va splayn-veyvletlar usullari yordamida signallarni raqamli ishlash algoritmlari, hisoblash strukturalari va IoT texnologiyalariga yo‘natirilgan dasturiy majmua ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
splayn-usullar va ularni amalga oshirishda ishlatiladigan apparat vositalarni tadqiq qilish natijasida ajratib olingan signallar sinfiga mo‘ljallangan kubik splaynlar va IoT texnologiyalari yordamida dasturiy vositalarning integratsiyalangan struktura ishlab chiqilgan;
past chastotali gastroentrologik signallarni splayn-veyvletlar yordamida qayta tiklash algoritmi ishlab chiqilgan;
bir va ikki o‘lchovli signallarni splayn va splayn-veyvletlarga yoyish yo‘li orkali signallarni kerakli aniqlikda tiklaydigan, diskretlash chastotasini aniqlash algoritmi ishlab chiqilgan;
splayn-usullar nazariyasi bilan jadval algoritmik usullar imkoniyatlarini birlashtirish asosida signallarni raqamli ishlashda qo‘llaniladigan IoT texnologiyalarga yo‘naltirilgan strukturalar va vizuallashtirish dasturiy majmuasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya tadqiqoti jarayonida olingan natijalar asosida:
splayn-usullar yordamida ma’lumotlarni raqamli ishlash va silliqlash algoritmi asosida yaratilgan dasturiy vosita Geologiya fanlari universiteti Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti Davlat muassasasiga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ma’lumotnoma №33-8/1420-son, 25.02.2021 y.). Natijada, geofizik tadkikotlar samarasini, olingan natijalarning informativligi, anikligi va ishonchliligini oshirdi hamda xatoliklarni kamaytirilishiga olib kelgan.Hisoblashga ketadigan vaqt 35%ga va xatolik 18-22%ga kamayishiga, mehnat unumdorligi esa 25%ga oshishiga olib kelgan;
IoT texnologiyasiga asoslangan holda splayn-veyvlet usullari orqali ishlab chiqilgan algoritmlar va dasturiy vosita Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy-amaliyot markazining Andijon filialiga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini Rivojlantirish vazirligi ma’lumotnomasi №33-8/1420-son, 25.02.2021 y.). Natijada, tibbiyot institutidagi foydalanib kelinayotgan ananaviy usulga nisbatan xatoliklar 6-10%ga kamaygan.
IoT texnologiyalariga yo‘naltirilgan signallarga raqamli ishlov berish algoritmlari va dasturiy vosita “Doktor xonnazarov nevralogiya kardiologiya terapiya markazi” xususiy klinikasida joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini Rivojlantirish vazirligi ma’lumotnomasi №33-8/1420-son, 25.02.2021 y.). Natijada, hisob-kitob vaqti 60 foizga kamaygan, qayta ishlash natijalarini hujjatlashtirish vaqti 20% qisqartirilgan, mehnat unumdorligi 30-35% o‘sgan, xato 6-10% ga kamaygan va olingan natijalarning aniqligi oshgan.