Begmatova Maloxat Xushvaqtovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Dalachoyning (Nypericum perforatum L.) morfo-biologik xususiyatlari», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/B390.
Ilmiy rahbar: Xamdamov Iskandar, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.02.08.
Rasmiy opponentlar: Mavlanov Xudargan, biologiya fanlari doktori, professor; Maxkamov Trobjon Xusanboevich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Samarqand viloyati sharoitida madaniylashtirilayotgan H.perforatumning morfo-biologik xususiyatlarini asoslash hamda xomashyo etishtirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Samarqand viloyatining bo‘z tuproqlari sharoitida H.perforatumning ontogenez bosqichlarida o‘sish-rivojlanishi, vegetativ va generativ organlarining shakllanishi asoslangan;
turli ekish sharoitlari va muddatlarida urug‘ining unuvchanligi, vegetatsiya davrlaridagi morfo-biologik xususiyatlari hamda gullash biologiyasi aniqlangan;
Samarqand viloyatining bo‘z tuproqlari sharoitida H.perforatumning fitokimyoviy tarkibi etishtirish texnologiyasiga bog‘liqligi qiyosiy jixatdan asoslangan;
H.perforatumning ekish sharoitlari va muddatlariga bog‘liq holda urug‘ mahsuldorligi, fitomassa hosildorligi aniqlangan hamda sifatli urug‘ va xomashyo etishtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
H.perforatum ning Samarqand viloyati sharoitida o‘simlikning introduksiyasi va morfo-biologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
H.perforatumni bo‘z tuproq iqlim sharoitlariga mos keluvchi ekish usullari bo‘yicha tavsiyalar Samarqand viloyati Urgut tumanidagi “Sherzod Sherqo‘zi Jamshit Ro‘zievich” fermer xo‘jaligiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 12 avgustidagi 02/026-2462-son ma’lumotnomasi). Natijada, dorivor o‘simlikning 1 ga maydonda plantatsiyasini tashkil etish hamda er ustki biomassasini 14,8 s/ga oshirish imkonini bergan;
H.perforatumning urug‘ mahsuldorligi, fitokimyoviy tarkibi hamda xom-ashyo hosildorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar Samarqand viloyat o‘rmon xo‘jaligi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon ho‘jaligi davlat qo‘mitasining 2020 yil 27 iyuldagi 05/21-2081-son ma’lumotnomasi). Natijada, dorivor o‘simlikning sifatli urug‘larini etishtirish hamda farmatsevtika sanoati uchun xomashyo tayyorlash imkonini bergan.