Usmonov Azizbek Ismayilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yoriq-g‘ovak muhitlarda anomal` modda ko‘chishi modellarini tuzish va sonli tadqiq etish», 01.02.05 – Suyuqlik va gaz mexanikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/FM543.
Ilmiy rahbar: Xo‘jayorov Baxtiyor Xo‘jayorovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.FM/T.02.09
Rasmiy opponentlar: Mavlonov To‘lqin, texnika fanlari doktori, professor; Normurodov Chori Begalievich, fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zR FA Mexanika va inshootlar seysmik mustaxkamligi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi muhitning fraktalligini, adsorbsiya hodisalarini, sizish tezligi maydonining birjinslimas taqsimlanishini hisobga olgan holda g‘ovak muhitlarda modda ko‘chishi va birjinsli bo‘lmagan suyuqliklar sizishi matematik modellarini takomillashtirish hamda masalani sonli echishning samarali algoritmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
makro- va mikrog‘ovakli silindrik zonalardan iborat fraktal tuzilishga ega bo‘lgan muhitda anomal` modda ko‘chishi jarayonining matematik modeli kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar asosida takomillashtirilgan;
makro- va mikrog‘ovakli silindrik zonalardan iborat fraktal tuzilishga ega bo‘lgan muhitda modda ko‘chishi masalasi qo‘yilgan va sonli echilgan. Makro va mikrog‘ovakda muallaq zarrachalar konsentratsiyasi profillarining o‘zgarishi hamda mikrog‘ovakda lokal konsentratsiya maydoni aniqlangan. Zonalarning umumiy chegarasidan o‘tuvchi nisbiy modda sarfi va dinamikasining nomonotonlik hodisasi aniqlangan;
adsorbsiya hodisasini hisobga olib fraktal tuzilishga ega bo‘lgan silindrik ikki zonali muhitda modda ko‘chishi masalasi qo‘yilgan va sonli echilgan. Adsorbsiyaning turli muvozanat, nomuvozanat, chiziqli, nochiziqli ko‘rinishlari qaralgan. Adsorbsiya retardatsion effektlar bilan birga moddaning tarqalish jarayonini umumiy kechikishiga olib kelishi aniqlangan;
adsorbsiya hodisalalarini hisobga olgan va olmagan hollarda sizish tezligi maydonining birjinslimas taqsimlanishini hisobga olib fraktal tuzilishli ikki o‘lchovli ikki zonali silindrik muhitda modda ko‘chishi va suyuqlik harakatining matematik modeli takomillashtirilgan va masalani echishning samarali sonli algoritmi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Fraktal tuzilishli birjinslimas g‘ovak muhitlarda anomal` modda ko‘chishi jarayonlarining takomillashtirilgan modellarini sonli tadqiq etish uchun ishlab chiqilgan hisoblash algoritmlari va dasturiy vositalari asosida:
fraktal tuzilishli ikki zonali silindrik muhitlarda modda ko‘chishi va suyuklik harakatining takomillashtirilgan matematik modeli, unga mos masalani echishning samarali sonli algoritmi va dasturiy majmuasi YoOT-Ftex-2018-149 raqamli «Nochiziqli chegaraviy shartlar bilan tasvirlanadigan ikki komponentali muhitlarda nochiziqli fil`tratsiya jarayonlarini matematik modellashtirish» mavzusidagi fundamental loyixada ikki komponentali muhitlarda nochiziqli fil`tratsiya jarayonlarini matematik modellashtirish va sonli echishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respub-likasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 25 dekabrdagi 89-03-5528-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi natijasida ishlab chiqilgan hisoblash algoritmi echim aniqligini oshirish va xisoblash uchun ketadigan vaqtni sezilarli darajada kisqartirish imkonini bergan;
silindrik g‘ovak muhitlarda moddaning anomal` ko‘chishi jarayonini ifodalovchi kasr tartibli differensial tenglamalar uchun qo‘yilgan boshlang‘ich-chegaraviy masalani sonli echish algoritmi va dasturiy ta’minoti 01-01-17-1921FR raqamli (New method of solution of pursuit and evasion differential games with many pursuers on manifolds with Euclidean metric) xorijiy ilmiy-tadqiqot fundamental granti doirasida chiziqli differensial o‘yinlar uchun qo‘yilgan masalalarni echishga joriy etilgan (Malayziya, Putra universiteti, 2020 yil 14 noyabrdagi ma’lumotnoma). Natijada algoritm va dasturiy ta’minotning qo‘llanilishi boshqariladigan parametrlar bo‘yicha geometrik cheklovlar bo‘lganda uchta o‘yinchining chiziqli differensial o‘yini masalasini echish imkonini bergan;
g‘ovak muhitlardagi modda ko‘chishi jarayonining takomillashtirilgan matematik modeli va sonli echish algoritmidan №BV-M-F4-001 raqamli «Murakkab issiqlik va modda almashinuviga doir ko‘p o‘lchovli masalalarning matematik modellari va taqsimlangan samarali hisoblash algoritmlari» nomli fundamental loyihada fraktal strukturali ikki zonali g‘ovak muhitda suspenziya sizishi va modda ko‘chishi jarayonlarini tadqiq etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 24 fevraldagi 33-8/1381-sonli ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan hisoblash algoritmi bosim maydoni o‘zgarishini bashoratlash aniqligini oshirish va hisoblash uchun ketadigan vaqtni sezilarli darajada qiskartirish imkonini bergan;
“Yoriq-g‘ovak muhitda nomuvozanat adsorbsiyani hisobga olib modda ko‘chishi jarayonini hisoblash” masalasini echish dasturidan (№ DGU 07276) Jizzax viloyati Sirdaryo-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tasarrufidagi Jizzax suv omborini suv bilan to‘ldirish jarayonida suv bilan birga oqib kirgan cho‘kindi va ifloslanishning tarqalishini baholash hamda to‘g‘onning yoriqlariga suvning sizish darajasini baholash maqsadida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 24 fevraldagi 33-8/1381-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sug‘orish masalalarida qatlamlarning yoriqdan va yoriq-g‘ovak muhitdan iborat ekanligini hisobga olib, dastur asosida konvektiv-diffuzion ko‘chish jarayonidagi adsorbsiyaning rolini baholash hamda muhandislik hisoblarini o‘tkazishga ketadigan vaqt va mehnatni 4% qisqartirish imkonini bergan.