Safarova Shohsanam Masharipovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Akromegaliyada tayanch-harakatlanish tizimi asoratlari, erta tashxislash va davolashning zamonaviy usullari va jihatlari», 14.00.03–Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.RhD/Tib741.
Ilmiy rahbar: Xalimova Zamira Yusufovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Shagazatova Barno Xabibullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xamroev Farxod Sharafovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: akromegaliyaning tayanch-harakat tizimi asoratlari mavjud bemorlarda suyak metabolizmini boshqarilishida o‘sish gormoni va insulinga o‘xshash o‘sish omili-1 ahamiyatini baholash va ularni erta tashxislash hamda davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor akromegaliya bilan kasallangan bemorlarda tayanch-harakat tizimi asoratlari semiotikasi antropometrik ko‘rsatkichlar o‘sishi va tana kompozision tarkibining o‘zgarishi bilan o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor akromegaliya asoratlarining uchrashi jins va yoshga bog‘liqligi - osteoartroz ko‘prok ayollarda (61,1%), suyak sinishlari esa asosan o‘rta yoshli erkaklarda uchrashining ustunligi aniqlangan (26,7%);
akromegaliyada beta krosslaps va osteokal`sin miqdori bilan umurtqa pog‘onasi suyak mineral zichligi hamda densitometriya ko‘rsatkichlari orasida korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
ilk bor beta krosslaps va osteokal`sin miqdorining o‘zgarishi bilan akromegaliyaning faolligining ortishi hamda gonadal status pasayishi orasida uzviy bog‘liqlik aniqlangan;
tayanch-harakat tizimi asoratlarini kompleks davolashda asosiy terapiyaga qo‘shimcha ravishda antiosteoporotik davo qo‘llanilishi kasallikda samarali natija berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Akromegaliya va uning asoratlari monitoringi, davolash, tashxislashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Akromegaliyada tayanch-harakat tizimi asoratlarini tashxislash, davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Akromegaliyada tayanch-harakat tizimi asoratlari bor bemorlarni tashxislash, davolash va olib borish algoritmi» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 30 noyabrdagi 8n-r/530-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma akromegaliya mavjud bemorlarni zamonaviy tashxislash va davolash usullari yoritilgan hamda amalda tadbiq qilish imkonini bergan;
tayanch-harakat tizimi asoratlari mavjud akromegaliya aniqlangan bor bemorlarni tashxislash, davolash va olib borish algoritmi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimi amaliyotiga, jumladan, Samarqand va Jizzax viloyatlari endokrinologiya dispanserlarining amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 3 apreldagi 8n-z/67-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi akromegaliya aniqlangan bemorlar salomatlik holatini monitoring qilishga, tayanch-harakat tizimi asoratlarini erta aniqlashga va natijada nogironlik hamda o‘lim xavfini kamaytirish imkonini bergan.