Alimuxamedova Gulrux Aybekovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buyrak usti bezi o‘smalarini tashxislashda yangi strategiyalarni ishlab chiqish va tadbiq qilish hamda xavf omillarini baholash», 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/Tib301.
Ilmiy rahbar: Xalimova Zamira Yusufovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Najmutdinova Dilorom Kamardinovna tibbiyot fanlari doktori, professor; Qurbanov Ravshanbek Davletovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik; Xoshimov Shuxrat Xurshidovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: I.I. Mechnikov nomidagi Shimoliy-G‘arbiy davlat tibbiyot universiteti (Rossiya, Sankt-Peterburg).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: buyrak usti bezi o‘smalarini klinik, gormonal, vizualizatsion va immunogistokimyoviy tomondan kompleks baholash hamda erta tashxislash ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marta buyrak usti bezi turli o‘smalari uchrashi jins va yoshga bog‘liq xususiyatlari hosila shakli va tabiatiga qarab, asosan yoshlarda (18-44 yosh), gormonal faol o‘smalarni ayollarda (3:1), yomon sifatli o‘smalarni esa erkaklarda uchrashining ustunligi aniqlangan (3:1);
buyrak usti bezi hosilalarida gormonlarning referens ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan va buyrak usti insidentalomasi mavjud bemorlarda feoxromotsitoma (8,7%), subklinik Kushing sindromi (19,3%), al`dosteroma (2,1%) rivojlanish xavfi yuqoriligi aniqlangan;
arterial qon bosimning kechishi, metanefrinlar darajasi va bemorning qarindoshlarida o‘sma kasalliklari mavjud bo‘lishining feoxromotsitoma rivojlanishidagi oldindan belgilovchi roli hamda kortikosteromalar uchun - tana vazni indeksi baland bo‘lishi, giperkortizolemiya, uglevod almashinuvi buzilishi va gipertoniya davomiyligining ≥5 yil bo‘lishi bilan birga kelishining ahamiyati isbotlangan;
kattalar hamda bolalarda buyrak usti bezi hosilalarining neoplastik jarayonida Ki-67, r53 va β-kateninning yuqori proliferatsiya indeksi kombinatsiyasi buyrak usti bezi xavfli o‘smalarini patogenetik determinanti bo‘lganligi va muhimligi asoslangan;
hosilalar gormonal faolligining klinik ehtimolini aniqlash maqsadida gormonlarning ishlab chiqilgan referens jihatlari hamda muhim xavf omillarini e’tiborga olgan holda, shuningdek Ki-67, r53 va β-katenin immunogistokimyoviy markerlarini ham aniqlash bilan birga buyrak usti bezi insidentalomalarini tashxislash takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buyrak usti bezi o‘smalarining klinik, gormonal, vizualizatsion va immungistokimyoviy jihatlarini baholashdan olingan ilmiy natijalar asosida:
buyrak usti bezi insidentalomalarini tashxislash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan "Buyrak usti bezi insidentalomalarini tashxislash va boshqarish algoritmi" uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 22 dekabrdagi 8n-d/256-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma buyrak usti bezi insidentalomasi bo‘lgan bemorlarni davolashning maqbul strategiyasini tanlash va ularni dinamik nazorat qilish imkonini bergan;
feoxromotsitomalarni tashxislash va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan "Feoxromotsitoma uchun terapevtik va diagnostik algoritm" mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 22 dekabrdagi 8n-d/256-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma feoxromotsitoma bilan kasallangan bemorlarni davolashning zamonaviy usullarini O‘zbekiston Respublikasida joriy etish imkonini yaratgan; 
buyrak usti bezi o‘smalarining klinik va biokimyoviy, gormonal, vizualizatsion hamda immungistokimyoviy xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Navoiy, Buxoro, Andijon va Samarqand viloyat endokrinologiya dispanserlarining amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 4 maydagi 8n-z/89-son ma’lumotnomasi). Tavsiyalarni joriy etilishi buyrak usti bezi o‘smalarini erta tashxislash, monand davolash usulini tanlash, nogironlik va asoratlardan o‘lim xavfini kamaytirish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, shuningdek davolash uchun ketayotgan mablag‘ni tejash imkonini yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish