Hayitboy Sotimovich Xudaybergenovning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Mustaqillik yillarida Xorazm vohasi kulolchiliginning hududiy xususiyatlari)”, 07.00.07 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2020.4.PhD/Tar376.
Ilmiy rahbar: Davlatova Saodat Tilovberdievna, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti, DSc.02/30.12.2019.Tar.56.01. 
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ulug‘bek Saydanovich, tarix fanlari doktori, professor; Alieva Surayyo Sharipovna, san’atshunoslik fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm vohasi aholisi kulolchiligining mustaqillik yillaridagi hududiy xususiyatlarini dala etnografik materiallar asosida ochib berishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
O‘zbekistonning qadimiy an’anaviy kulolchilik maktablarining sopolchilik, tovoqchilik, koshinpazlik, g‘isht tayyorlash (xumbuzchilar) va tandirchilik turlariga xos mahalliy xususiyatlari bilan ajralib turuvchi Xorazm vohasi Xonqa tumanidagi Madir, Yangiariq tumanidagi Kattabog‘ qishlog‘i, Ko‘hna Urganch va Xiva shaharlari kulolchiligi dala etnografik materiallar asosida ochib berilgan;
voha an’anaviy zangori kulolchiligi (moviy lojuvard rangli, ishqorli va qo‘rg‘oshinli sir bilan qoplash usuli)ning hududiy xususiyatlari, tuproq tanlash, loy turlari (sershira loy, oq loy, pat loy, koshin loy)ni tayyorlash, aholi turmush tarzida an’anaviy va madaniy vazifalarga ega tik va yotiq bo‘yli idishlar tayyorlash uslubi aniqlangan;
voha kulolchiligi bilan bog‘liq patiya palovi-fotiha olish, is-hid chiqarish, bo‘g‘irsoq, po‘ssiq-qatlama pishirish kabi urf odat va marosimlar, usta shogirdchilik an’anasining chopon kiydirish va belbog‘ bog‘lash, xumbuz qurish, tandir tayyorlash, tuproq tanlash va paxsa qurish O‘zbekistonning boshqa hududlari kulolchiligi an’analaridan nomlanishi, o‘tkazilishiga ko‘ra farqlanishi dalillangan;
kulolchilik buyumlarining turlari, ranggi, bezak shakli, naqshi, tayyorlanishi va ko‘rinishi hamda koshinpazlik bilan birga olib borilishining hududiy xususiyatlari Toshkent, Farg‘ona, Samarqand va Buxoro kulolchilik maktablari misolida asoslangan;
voha an’anaviy kulolchiligi markazlarini qayta tiklash va rivojlantirish zarurligiga ko‘ra, bugungi kunda yo‘qolib borayotgan Ko‘hna Urganch kulolchilik markazi hamda bodiye, dulov, qauli, chanoq, ko‘za, chorquloq, baland va tik bo‘yli katta xum gupi kabi buyumlarni ishlab chiqarishda tabiiy ishqordan foydalanish uslubi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqillik yillarida Xorazm vohasi kulolchiligining hududiy xususiyatlari yuzasidan ishlab chiqilgan xulosa va takliflar hamda dala etnografik materiallar asosida:
voha an’anaviy kulolchiligi markazlarini qayta tiklash va rivojlantirish zarurligiga ko‘ra, bugungi kunda yo‘qolib borayotgan Ko‘hna Urganch kulolchilik markazi hamda bodiye, dulov, qauli, chanoq, ko‘za, chorquloq, baland va tik bo‘yli katta xum gupi kabi buyumlarni ishlab chiqarishda tabiiy ishqordan foydalanish uslubiga oid taklif va tavsiyalaridan Xiva “Ichan qal’a” Davlat Muzey Qo‘riqxonasining “Xiva muzeylari”da kulolchilik bo‘limlarini shakllantirishda foydalanilgan (Xiva “Ichan qal’a” Davlat Muzey Qo‘riqxonasining 2019 yil 18 apreldagi 159 son ma’lumotnomasi). Natijada madaniy merosini chuqur o‘rganish va targ‘ib qilish hamda Xivaga tashrif buyurayotgan sayyohlarni voha kulolchiligi buyumlari bilan tanishtirishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonning qadimiy an’anaviy kulolchilik maktablarining sopolchilik, tovoqchilik, koshinpazlik, g‘isht tayyorlash (xumbuzchilar) va tandirchilik turlariga xos mahalliy xususiyatlari bilan ajralib turuvchi Xorazm vohasi Xonqa tumanidagi Madir, Yangiariq tumanidagi Kattabog‘ qishlog‘i, Ko‘hna Urganch va Xiva shaharlari kulolchiligiga oid tadqiqot natijalaridan “Oltin meros” jamg‘armasida tashkil etilgan “Avesto” muzeyi “Kulolchilik” bo‘limini muzeylashtirishda foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” hayriya jamg‘armasining 2019 yil 14 maydagi 0121 son ma’lumotnomasi). Natijalar Xorazm vohasi hunarmandchiligini rivojlantirish, kulolchilik buyumlari ishlab chiqaradigan markazlarni ko‘paytirish va ularni qo‘llab quvvatlash kabi chora tadbirlarni belgilashda xizmat qilgan;
voha kulolchiligi bilan bog‘liq patiya palovi-fotiha olish, is-hid chiqarish, bo‘g‘irsoq, po‘ssiq-qatlama pishirish kabi urf odat va marosimlar, usta shogirdchilik an’anasining chopon kiydirish va belbog‘ bog‘lash, xumbuz qurish, tandir tayyorlash, tuproq tanlash va paxsa qurish O‘zbekistonning boshqa hududlari kulolchiligi an’analaridan nomlanishi, o‘tkazilishi va farqlanishiga oid natijalardan O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi va Xorazm viloyati bo‘limlari tomonidan uyushtirilayotgan “Navqiron O‘zbekiston”, “Yangi avlod”, “Tashabbus” ko‘rik-tanlovi hamda tadbirlarni tashkillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasining 2019 yil 14 maydagi 14 14/582 son ma’lumotnomasi). Natijalar “Usta shogird” an’analari tarixini o‘rganish va ularni zamon talabiga mos ravishda qayta tiklash, shuningdek, uyushma doirasida Nizom va Dasturlar ishlab chiqish, Xorazm televideniyasida “Xorazmnoma” ruknida ko‘rsatuvlar tayyorlash ishlarni amalga oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish