To‘xtaeva Ra’no Norto‘xtaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sovet hokimiyatining pul islohotlari va O‘zbekiston aholisining ijtimoiy hayoti (1917-1970 yillar)”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Tar339.
Ilmiy rahbar: Alimova Dilorom Agzamovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.02.10.
Rasmiy opponentlar: Nabiev Farhod Hamidovich, tarix fanlari doktori, professor; Xayriddinov Azamat Botirovich, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1917-1970 yillarda O‘zbekistonda sovet hokimiyatining pul islohotlari natijalari va uning aholi ijtimoiy hayotiga ko‘rsatgan ta’sirini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sovet hokimiyatining dastlabki moliya-pul siyosati davrida kuzatilgan moliyaviy taqchillik va pul muomalasining izdan chiqishi, asosan, natsionalizatsiya, kadrlar, soliq sohalaridagi muammolarga bog‘liq ekanligi va bu o‘z navbatida, Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalarining ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi ochib berilgan;
yangi iqtisodiy siyosat sharoitida O‘zbekistonda bozor munosabatlari rivojiga 1922-1924 yillardagi pul islohoti ma’lum darajada yordam berganligi, lekin iqtisodiyotni markazlashtirish siyosati oqibatida, qishloq xo‘jaligida tovar tanqisligi, narx-navoning oshishi, rubl` kursining o‘zgarib turishi kabilar dehqonlar qatlami noroziligiga sabab bo‘lganligi ochib berilgan;
1948-1960 yillar oralig‘ida iqtisodiy o‘sish sharoitida pul muomalasi mahsulot, ish va xizmat bahosining tushishi kabi muammolarni keltirib chiqarganligi, bunday berqaror vaziyat o‘z navbatida, aholi ijtimoiy turmushining og‘irlashuviga olib kelganligi dalillangan;
1960-yillarda o‘tkazilgan pul islohoti respublika iqtisodiyotining “turg‘un” inqiroziga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatib, buning natijasida, savdo inqirozi, mahsulot tannarxining oshishi, chayqovchilik kabi muammolar shahar va qishloq aholisi turmush darajasining pasayishiga olib kelganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1917-1970 yillarda sovet davlatining pul islohotlari va O‘zbekiston aholisining ijtimoiy hayoti bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
sovet hokimiyatining dastlabki moliya-pul siyosati davrida kuzatilgan moliyaviy taqchillik va pul muomalasining izdan chiqishi, asosan, natsionalizatsiya, kadrlar, soliq sohalaridagi muammolarga bog‘liq ekanligi va buning natijasi Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalarining ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatganligiga oid ma’lumotlardan bakalavriat yo‘nalishida o‘tiladigan “Iqtisodiyot ta’limotlar tarixi”, “Pul va banklar”, “Pul, kredit va banklar” kabi fanlarni o‘qitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 23 iyundagi 89-03-2374-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda 1917-1970 yillarda O‘zbekistonda davlat moliya siyosatining aholi ijtimoiy hayotiga ta’siri, pul muomalasi va moliyaviy inqirozlar to‘g‘risida bilimlarni mustahkamlashga xizmat qilgan;
1948-1960 yillar oralig‘ida iqtisodiy o‘sish sharoitida pul muomalasi mahsulot, ish va xizmat bahosining tushishi kabi muammolarni keltirib chiqargan hamda 1960-yillarda o‘tkazilgan pul islohoti respublika iqtisodiyotining “turg‘un” inqiroziga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatib, buning natijasida, savdo inqirozi, mahsulot tannarxining oshishi, chayqovchilik kabi muammolar shahar va qishloq aholisi turmush darajasining pasayishi bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan I-OT-2019-26 raqamli «Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga O‘zbekiston xalqining qo‘shgan hissasi to‘g‘risida mul`timedia kompleksini yaratish» mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 24 fevraldagi 89-03-769-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston tarixini sovet davlati pul siyosatining ijtimoiy-iqtisodiy hayotga ko‘rsatgan ta’siriga oid ma’lumotlar bilan to‘ldirgan.
yangi iqtisodiy siyosat sharoitida O‘zbekistonda bozor munosabatlari rivojiga 1922-1924 yillardagi pul islohoti ma’lum darajada yordam bergan, lekin iqtisodiyotni markazlashtirish siyosati oqibatida, qishloq xo‘jaligida tovar tanqisligi, narx-navoning oshishi, rubl` kursining o‘zgarib turishi kabilar dehqonlar qatlami noroziligiga sabab bo‘lganligi kabi xulosalardan Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining «Oltin voha» teledasturi eshittirishini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 8 sentyabrdagi 04-15/2375-son ma’lumotnomasi). Natijada, keng jamoatchilikka 1920-30 yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilgan pul islohotlari bilan bog‘liq xolis bilimlar berishga xizmat qilgan.