Panjiev Samijon Aliqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Virtual  didaktik  muhitda talabalarning texnik tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi”,13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1665.
Dissertatsiyabajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Ilmiy rahbar: Uzakov Zair Uzakovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Rasmiy opponentlar: Qahhorov Siddiq Qahhorovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Qayumova Nasiba Ashurovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi virtual didaktik muhitning ta’limiy potensialini aniqlash hamda talabalarning texnik tayyorgarligi darajasini oshirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqil tanqidiy fikrlash va shaxsni intellektual rivojlantirish-ning modulli ob’ektga yo‘naltirilgan dinamik ta’lim muhiti imkoniyatlari virtual reallik texnologiyalari asosida takomillashtirilgan;
virtual didaktik muhitda obrazlarning vizual didaktik vositalarini yaratish va qo‘llashning metodik tizimi texnik tayyorgarlik darajalari axborot almashinuvining tashkiliy tuzilmasini belgilash asosida takomillashtirilgan;
virtual didaktik muhitning texnik tayyorgarlik potensiali, virtual obrazlarni vizual yaratish hamda real holatlar bilan ishlash imkoniyatlari, masofaviy ta’lim shakllari “Masofaviy ta’limning didaktik ta’minoti” mobil` ilova dasturlari asosida takomillashtirilgan; 
virtual ta’limni tashkil etish metodikasi o‘quv mashg‘ulotlari tuzilmasini muammoli o‘qitish texnologiyalari, ta’lim vositalarining o‘quv bosqichlari hamda kreativ kompetentligi kabi aralash model shakllarining integratsiyasi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Virtual didaktik muhitda talabalarning texnik tayyorgarligini rivojlantirish metodikasiga doir olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarning virtual didaktik muhitda texnik tayyorgarligini oshirish imkonini yaratishga qaratilgan takliflardan №AIF-2/15 “O‘zbekistonda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida oliy ta’lim tizimida masofaviy ta’limni tashkil etish modeli va texnologiyasini ishlab chiqish” (2019-2021 yy.) mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan(Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 14 yanvardagi 89-03-188-son ma’lumotnomasi). Natijada virtual reallik texnologiyalarining didaktik potensialini  aniqlash imkonini bergan;
“Virtual auditoriya”, “Virtual Kubik” kabi modulli ta’lim texnologiyalarini qo‘llash amaliyoti natijalari, talabalarning texnik tayyorgarligini rivojlantirishga oid tavsiyalari “Sifrovaya ekonomika: upravlenie informatsionnimi resursami” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 14 yanvardagi 89-03-188-son ma’lumotnomasi). Natijadavirtual didaktik muhitda talabalarning texnik tayyorgarligini rivojlantirish intellektual va axborot kompetensiyalarini rivojlantirish imkonini bergan;
talabalarning texnik tayyorgarligini va virtual ta’lim tizimidan foydalanish samadorligini oshirishga oid takliflar Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti va Gresiyaning Xellenik xalqaro universiteti bilan hamkorlikda 2019-2021 yillarda bajarilayotgan Erasmus+ dasturining “Oliy ta’limda salohiyatni oshirish”, “MechaUZ Project” loyihasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 14 yanvardagi 89-03-188-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning texnik tayyorgarligini va virtual ta’lim tizimini shakllantirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish