Parsiev Saydiaxat Solixodjaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ko‘p pog‘onali strukturaga ega bo‘lgan telekommunikatsiya tarmoqlarini tadqiq qilish usullari, modellari va algoritmlari”, 05.04.01 – Telekomunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash. Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/T399.
Ilmiy rahbar: Nishanbaev Tuyg‘un Nishanbaevich, texnika fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Muhammad al-Xorazmiy nomidagiToshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar:texnika fanlar doktori, professor Gulyamov Shuxrat Mannapovich; texnika fanlari doktori, professor Tursunov Baxtiyor Muxammedjanovich; texnika fanlari doktori, professor Davronbekov Dilmurod Abdujalilovich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘p pog‘onali telekommunikatsiya tarmoqlari samaradorligini oshirishning algoritmlarini, ma’lumotlar oqimi xarakteristikalarini hisoblash modellarini va topologik strukturalarini optimallashtirishning takomillashtirilgan usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
telekommmunikatsiya tarmoqlari samaradorligini oshirish imkonini beruvchi absolyut va nisbiy prioritetli ma’lumotlar oqimi xarakteristikalarini hisoblashning matematik modellari ishlab chiqilgan;
tarmoqning strukturaviy parametrlari bilan ma’lumotlar oqimining vaqt-ehtimolli xarakteristikalarini bog‘lash imkonini beruvchi analitik model` yaratilgan;
optimal strukturani aniqlash imkonini beruvchi ko‘p pog‘onali telekommunikatsiya tarmoq strukturasini kumulyativ umumtarmoq harajatlar mezoni bo‘yicha optimallashtirish algoritmlari yaratilgan;
kanallarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini tanlash va ma’lumotlar oqimining ushlanib qolish vaqtini kamaytirish imkonini beruvchi tugunlarni optimal joylashtirish mezoni yaratilgan;
kelib tushayotgan ma’lumotlar oqimining ishonchliligini va prioritetligini hisobga olish imkonini beruvchi vaqt-ehtimolli xarakteristikalarini hisoblash algoritmi yaratilgan;
ko‘p pog‘onalitelekommunikatsiya tarmoq strukturasini optimallashtirish usullari takomillashtirilgan;
optimal strukturani aniqlash imkonini beruvchi ko‘p pog‘onali maxsus tayinlangan telekommunikatsiya aloqa tarmoqlarini qurish mezoni ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ko‘p pog‘onali strukturaga ega bo‘lgan telekommunikatsiya tarmoqlarini tadqiq qilish usullari, modellari va algoritmlari bo‘yicha olingan natijalar bo‘yicha:
optimal tarmoq strukturasini aniqlash imkonini beruvchi ko‘p pog‘onali maxsus tayinlangan telekommunikatsiya aloqa tarmoqlarini qurish mezoni va tarmoqning optimal strukturasini aniqlash imkonini beruvchi ko‘p pog‘onali telekommunikatsiya tarmoq strukturasini keltirilgan umumtarmoq harajatlar mezoni bo‘yicha optimallashtirish algoritmlari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar bosh shtabining aloqa, axborot texnologiyalari va axborotlarni himoyalash bosh boshqarmasiga joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020 yil 25 noyabrdagi №33-8/7130 - son ma’lumotnomasi). Natijada telekommunikatsiya tarmog‘ining optimal strukturasini aniqlashga va loyihalash uchun ketadigan sarf harajatlarni 13-17% gacha kamaytirishga erishilgan va qaror qabul qilish sifati yaxshilangan;
prioritetli tizim samaradorligini oshirish imkonini beruvchi absolyut va nisbiy prioritetli ma’lumotlar oqimi xarakteristikalarini hisoblashning matematik modellari va kelib tushayotgan ma’lumotlar oqimining ishonchliligini va prioritetligini hisobga olish imkonini beruvchi, turli ma’lumotlar oqimining vaqt-ehtimolli xarakteristikalarini hisoblash algoritmi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining aloqa va axborot – kommunikatsiya texnologiyalari harbiy institutining lokal tarmog‘iga joriy etildi (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020 yil 25 noyabrdagi №33-8/7130 – son ma’lumotnomasi). Natijada, institutning lokal tarmog‘ining vaqt – ehtimolli xarakteristikalarini hisoblash vaqtini 15-20% gacha qisqartirishga erishilgan va ma’lumotlar oqimini uzatish sifati oshirilgan;
ko‘p pog‘onali telekommunikatsiya tarmoq strukturasini optimallashtirish usullari va tarmoqning optimal strukturasini aniqlash imkonini beruvchi ko‘p pog‘onali telekommunikatsiya tarmoq strukturasini keltirilgan umumtarmoq harajatlar mezoni bo‘yicha optimallashtirish algoritmlari “Uzbektelekom” AKga joriy etildi (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020 yil 25 noyabrdagi №33-8/7130 – son ma’lumotnomasi). Natijada “Uzbektelekom” AKtarmoqlarini loyihalashtirish uchun ketadigan sarf harajatlarni 3-4 % gacha kamaytirishga va qaror qabul qilish sifatini oshirishga erishilgan;
kanallarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini tanlash va ma’lumotlar oqimining ushlanib qolish vaqtini kamaytirish imkonini beruvchi tugunlarni optimal joylashtirish mezoni “UNICON.UZ” DUKga joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020 yil 25 noyabrdagi №33-8/7130 – son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘p pog‘onali tarmoqda ma’lumotlarning o‘rtacha ushlanib qolish vaqtini kamaytirishga va kanallarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirishga erishilgan.