Teshabaeva Gavxar Darvishovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Futbolchilarda stress bilan bog‘liq nevrotik buzilishlarni keltirib chiqaruvchi omillar tahlili va profilaktikasi», 19.00.04 – Tibbiy va maxsus psixologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib806.
Ilmiy rahbar: Magzumova Shaxnoza Shaxzadeevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi, PhD.10/30.12.2019.Tib.69.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullajanova Shaxlo Juraxanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaeva Vasila Karimbekovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: futbolchi ayollarda nevrotik buzilishlarga olib keluvchi omillarni aniqlash va profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor futbolchi ayolda nevrotik buzilishlarga olib keluvchi konstitusional-biologik omillardan shaxs aksentuatsiyasining turiga qarab futbolchining ampluasi belgilanishi, ijtimoiy-psixologik omillardan disgarmonik tarbiya olganligi, sportchi-murabbiy munosabatlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi, guruhli jipslilikning pastligi sportchi ruhiyati va salomatlik darajasiga ta’siri asoslangan;
ilk bor futbolchi ayollar uchun maxsus profilaktik dastur qisqa psixoterapiya nevrotik buzilishlarga olib keluvchi ijtimoiy va psixologik omillarni hisobga olgan holda ularning sportga bo‘lgan qiziqishning qayta tiklanishi psixologiya jihatdan takomillashtirilgan;
ilk bor nevrotik holatlarning rivojlanishi, klinik geterogenligi, davomiyligi va dinamikasiga tashkiliy omillarning, ya’ni futbolchi ayolning bir jamoada kam vakt o‘ynashi, faoliyat olib boradigan jamoa va murrabiyni tez-tez o‘zgarishi, futbol jamoasida sport psixologi va vrachning yo‘qligi, mashg‘ulot-musobaqalardan oldindan bexabarligi, futbolga saralash orqali olinmaganligi kabilarning ta’siri isbotlangan;
ilk bor futbolchi ayollardagi nevrotik buzilishlarni erta aniqlash maqsadida ishlab chiqilgan maxsus algoritm musobaqadan oldin tezkor nevrotizatsiya skriningi o‘tkazish va chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tarkibiga tibbiy psixolog/psixiatr ko‘rigini kiritish bilan takomillashtirilgan va shunga asosan tibbiy-psixologik yordamga murojaat va etmagan futbolchilarni qo‘llab-quvvatlashga imkon yaratishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Futbolchilarda stress bilan bog‘liq nevrotik buzilishlarni keltirib chiqaruvchi omillar tahlili va profilaktikasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
futbolchi ayollarning ruhiy holatini belgilovchi nevrozlarga olib keluvchi kompleks, konstitusional-biologik, psixologik, ijtimoiy, tashkiliy  omillarni aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida sport shifokorlari, sport va tibbiy-psixologlar hamda murabbiylar uchun ishlab chiqilgan «Sportchilarda nevrotik buzilishlarni aniqlash algoritmi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 14 fevraldagi 8-n-r/54-son ma’lumotnomasi). Natijada futbolchi ayollarning ruhiy holatini yaxshilash,nevrotik buzilishlarni erta aniqlash (profilaktik ahamiyatga ega), ularga tibbiy-psixologik yordam ko‘rsatuvchi muassasalar ishini takomillashtirish imkonini bergan;
futbolchi ayollar ruhiy holati, salomatligini yaxshilash va nevrozni profilaktikasi uchun uchun ishlab chiqilgan profilaktik uslub ijobiy natija berib, nevrozni shakllanishiga to‘sqinlik qilishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan futbolchilarda stress bilan bog‘liq nevrotik buzilishlarni keltirib chiqaruvchi omillar tahlili va profilaktikasiga qaratilgan tadqiqot natijalari Milliy olimpiya qo‘mitasi qoshidagi karate Federatsiyasi, stol tennisi Federatsiyasi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 14 sentyabrdagi 8-n-r/110-son ma’lumotnomasi). Natijada futbolchi ayollarning ruhiy holatini yaxshilash, nevrozni erta aniqlash va uning profilaktikasida tibbiy psixologlar ishini birmuncha engillashtirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish