To‘lanov Shamsidin Erkaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Yigirish usullarini inobatga olib paxta ipining mustahkamligini nazariy–eksperimental baholash», 05.06.01-«To‘qimachilik va engil sanoat ishlab chiqarishlari materialshunosligi» ixtisosligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T935.
Ilmiy rahbar:Ismailova Sabida Israilovna, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti,DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Alimova Xalima Alimovna, texnika fanlari doktori, professor; Axmedov Akmal Axmedovich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi paxta iplarining ishlab chiqarish usullari va harakatlanish tezliklarini inobatga olgan holda, ularning mustahkamligini aniqlash va baholash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli yigirish usullarida ishlab chiqarilgan paxta iplarini deformatsiyasini hisobga olgan holda, ularning mustahkamligini aniqlashning takomillashtirilgan usuli ishlab chiqilgan;
paxta iplarining texnologik jarayonlarda yuqori tezliklarda harakatlanishida tezlikning kritik holatdan oldingi va keyingi qiymatini hisobga olgan holda, paxta iplarining mustahkamligini nazariy aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
texnologik jarayonlarda iplarning yuqori harakatlanish tezliklarini inobatga olib, paxta iplarining mustahkamlik xususiyatlari aniqlangan;
paxta iplarining kritik harakatlanish tezligini ularning chiziqli zichligi va mustahkamlik xususiyatlariga bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘qimachilik sanoati texnologik jarayonlarida hosil bo‘ladigan dinamik kuchlarni xisobga olib paxta iplarining mustahkamlik nazariyasini rivojlantirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
paxta ipining kritik harakatlanish tezligini aniqlash usuli «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tasarrufidagi «BEST MEGA PARTNERS» MChJ yigirish korxonasida joriy etilgan. («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 4 fevral 04/18-487-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxta ipi qayta o‘ralganda uzilishlar soni 90% gacha kamayish va iqtisodiy samaradorlik 10% ga oshirish imkoni yaratilgan;
paxta ipining mustahkamligini aniqlash va baholashning takomillashtirilgan usuli «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tasarrufidagi «RIXSITILLA GAZMOL SERVIS» XK to‘quv korxonasida joriy etilgan.  («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 04 fevral` №04/18-487-son ma’lumotnomasi). Natijada, 1000 m2 mato to‘qilganda tanda va arqoq iplari uzilishlarining miqdori 50 % gacha kamayish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish