Alimuxamedova Barno Gayratovnaning
falsafadoktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Tikuv buyumlarining ipli birikmalari mustahkamlik xususiyatini ta’minlash usullarini ishlab chiqish», 05.06.04- «Tikuvbuyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni»(texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1191
Ilmiyrahbar: Tashpulatov Salix Shukurovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti,DSc.03/30.12.2019.T.08.01
Rasmiy opponentlar: Abdukarimova Mashxura Abduraimovna, texnika fanlari doktori, dotsent;Pulatova Saboxat Usmanovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent;
Yetakchi tashkilot:. Namangan muxandislik-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi siyrak to‘qimali matolarda polimer kompozisiya orqali chok mustahkamligini ta’minlashni nazarda tutuvchi usullarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kiyim detallarini ipli biriktirishning mustahkamligini ta’minlovchi yangi resurstejamkor texnologiya ishlab chiqilgan;
ishlov berilgan ipli biriktirishning fizik-mexanik ko‘rsatkichlari nazariy asoslangan va tajribaviy aniqlangan;
ipli birikmalar mustahkamlik ko‘rsatkichlariga polimer kompozisiya-ning ta’sir darajasi aniqlangan va matematik bog‘lanishlari olingan;
chokli biriktirish jarayonida sarflanadigan polimer kompozisiyani hisoblash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ipli birikmalar mustahkamlik xususiyatlarini ta’minlovchi yangi texnologiyani ishlab chiqishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
tikuv buyumi detallarini biriktirishda polimer kompozisiyani surtish usuliga Intellektual mulk agentligining foydali modelga patentlari olingan («Tikuv buyumlari biriktiriluvchi detallariga polimer kompozisiyani surtish qurilmasi», №FAP 00885-2014 y., №FAP 00905-2014 y.). Natijada kiyim detallarini ipli biriktirishning mustahkamligini oshiruvchi yangi resurstejamkor texnologiyasini yaratish imkonini bergan;
taklif etilayotgan tikuv buyumi detallarini biriktirishda polimer kompozisiyani surtish yangi qurilmasi (texnologiyasi) «O‘zto‘qimachilik-sanoat» Assotsiatsiyasi tasarrufidagi tikuvchilik korxonalarida, shu jumladan, «Nilufar-95» IChTF va «GODDY» MChJ korxonalarida ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘zto‘qimachiliksanoat» Assotsiatsiyasining 2020 yil 30 dekabrdagi 04/18-3541-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tikuv buyumi detallarini biriktirishda polimer kompozisiyani surtishning modernizatsiyalashgan texnologiyasini ishlab chiqarishdagi qiyosiy tahlili asosida mehnat unumdorligi 14,5 % ga va ipli birikmalar mustahkamligi 1,5÷2,0 baravar oshishiga imkoniyat yaratilgan.