G‘ulomova Nigora Farhod qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston hududlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish tizimini takomillashtirish”,08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya”(iqtisodiyot  fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2020.2.PhD/Iqt608.
Ilmiy rahbar: Teshabaev Tulkin Zakirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, DSC.19/30.12.2019.I.88.01.
Rasmiy opponentlar: Kenjabaev Aman Turg‘unovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;Abdullaev Munis Kurbanovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi (PhD).
Yetakchitashkilot:Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqobat sharoitida O‘zbekiston Respublikasi hududlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlarda raqamlashtirish sub’ektlari faolligini 0,49 - 0,79 indikatori oralig‘ida hamda hududlarni raqamli iqtisodiyotga o‘tish jarayoniga tayyorgarligini “faol hududlar”, “rivojlangan hududlar” va “ilg‘or hududlar” kesimida baholash asoslangan;
raqamli iqtisodiyot sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik tuzilmalari dasturlarini masofadan va onlayn rejimida ishlashini avtomatik tarzda saqlab turish hamda kibermakon tarmog‘ida axborot tizimlari, saytlar va/yoki sahifalarni boshqarish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan daromadlarni soliq solinadigan bazaga kiritish taklif etilgan;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan hududlarda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va iqtisodiyot tarmoqlarini raqamli transformatsiya qilishda raqamli boshqaruv modelini joriy etish  asosida hududni raqamlashtirishning innovatsion infratuzilmasini rivojlantirish algoritmi takomillashtirilgan.
raqamli turizm platformalari, raqamli biznes ekotizimlari va raqamli turistik manzillar asosida umumlashtirilgan “raqamli turistik klaster” tuzishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston hududlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hududlarda raqamlashtirish sub’ektlari faolligini 0,49 - 0,79 indikatori oralig‘ida hamda hududlarni raqamli iqtisodiyotga o‘tish jarayoniga tayyorgarligini “faol hududlar”, “rivojlangan hududlar” va “ilg‘or hududlar” kesimida baholash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi PF-6079-son Farmoni bilan tasdiqlangan «Raqamli O‘zbekiston - 2030» milliy strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Uzinfocom Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvatlash bo‘yicha yagona integratorining 2021 yil 17 maydagi 23-5/724-132-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, har bir hududning raqamlashtirish darajasini aniq ko‘rsatkichlarda baholash imkoniyati yaratilgan;
hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatgan elektron xizmatlaridan tushgan daromadlarni soliq solinadigan bazaga kiritish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 282-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 04/5-455-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etish natijasida hududlarda raqamli iqtisodiyot sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik tuzilmalari o‘z dasturlarini masofadan va onlayn rejimida ishlashini avtomatik tarzda saqlab turish, Internet tarmog‘ida axborot tizimlarini, saytlarni va (yoki) sahifalarni boshqarish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini elektron shakldagi xizmatlar soliqqa tortish imkoniyati yaratilgan;
hududni raqamlashtirishning innovatsion infratuzilmasini rivojlantirish algoritmini takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi PF-6079-son Farmonibilan tasdiqlangan «Raqamli O‘zbekiston — 2030» milliy strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Uzinfocom Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab quvatlash bo‘yicha yagona integratorining 2021 yil 17 maydagi 23-5/724-132-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan hududlarda raqamdi iqtisodiyotni rivojlantirish va iqtisodiyot tarmoqlarini raqamli transformatsiya qilish imkoniyati kengaytirilgan;
raqamli turizm platformalar, raqamli biznes ekotizimlari va raqamli turistik manzillar asosida umumlashtirilgan “raqamli turistik klaster” tuzish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘g‘risidagi Farmonida foydalanilgan (Uzinfocom Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab- quvvatlash bo‘yicha yagona integratorining 2021 yil 17 maydagi 23-5/724-132-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududlar jamlammasi negizida mavjud (istiqbolli) raqamli turizm platformalari, biznes ekotizimlari va turistik manzillarni yagona raqamli tizimda mujassamlashtirgan yagona raqamli turizm makonini yaratish imkoni yo‘lga qo‘yilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish