Bekmirzaev Mirzoxid Adashalievichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tadbirkorlik sub’ektlarini barqaror iqtisodiy rivojlantirish istiqbollari» (fermer xo‘jaliklari misolida), 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti, 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt888.
Ilmiy rahbar: Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03. 
Rasmiy opponentlar: Sultonov Bahodir Fayzullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Ilxomjon Yuldashevich Umarov, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi Qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik sub’ektlarini barqaror iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ilmiy, nazariy-uslubiy va amaliy ahamiyatga ega taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy barqarorligini resurslardan foydalanish darajasi, ishlab chiqarish natijalari hamda moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlarini ustuvor darajada e’tiborga olgan holda tasniflash orqali baholash tizimi takomillashtirilgan; 
fermer xo‘jaliklarida yalpi qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqarish hajmini tarmoqda bandlik va asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar salmog‘ini ko‘p mezonli tahlil qilish orqali qo‘shimcha oshirish imkoniyatlari asoslangan;
hosildorlik, sotishga tayyorlash hamda etkazib berish bosqichlari asosida fermer xo‘jaliklarining barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha takomillashtirilgan uch bosqichli tizimli yondashuvi taklif etilgan;
Namangan viloyati fermer xo‘jaliklarini 2025 yilga qadar barqaror rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha bandlik va asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar salmog‘i hamda sho‘rlangan er maydoni, unumdorlik va suv sarfining ta’siri ko‘rsatkichlarining turli ssenariylarga asoslangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadbirkorlik sub’ektlarini barqaror iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy barqarorligini resurslardan foydalanish darajasi, ishlab chiqarish natijalari hamda moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlarini ustuvor darajada e’tiborga olgan holda tasniflash orqali baholash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan  Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Gulxumor”, “Shuxrat Gulxumor”, “G‘ofurjon Gulxumor”, “Nargiza Gulxumor” va “Osmonjon Gulxumor” fermer xo‘jaliklari faoliyatini tahlil qilishda va rivojlantirish yo‘l xaritalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 8 oktyabrdagi 02/024-3233-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amalga oshirilishi fermer xo‘jaliklarining ixtiyoridagi iqtisodiy resurslardan erkin foydalanishi, ishlab chiqarish omillarini qayta taqsimlash funksiyasining samarali bajarilishiga imkoniyat yaratgan. Buning natijasida mazkur fermer xo‘jaliklarida resurslar 12 % tejalgan, iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichi 17,3 % ga oshgan. 
fermer xo‘jaliklarida yalpi qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqarish hajmini tarmoqda bandlik va asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar salmog‘ini ko‘p mezonli tahlil qilish orqali qo‘shimcha oshirish imkoniyatlari bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tomonidan fermer xo‘jaliklari faoliyatini strategik rejalashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 03/14-1-10/10-405-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan amaliyotda foydalanilishi fermer xo‘jaliklarini barqaror rivojlanishini ta’minlab, Namangan viloyati qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirishdagi ulushini 12,1 foiz oshirish imkonini bergan. 
hosildorlik, sotishga tayyorlash hamda etkazib berish bosqichlari asosida fermer xo‘jaliklarining barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha takomillashtirilgan uch bosqichli tizimli yondashuvi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning tarkibidagi tarmoqlar amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 8 oktyabrdagi 02/024-3233-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot olib borilgan Namangan viloyatida fermer xo‘jaliklarini samarali boshqarish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish jarayonida er, suv va boshqa resurslardan tejamkorlik bilan oqilona foydalangan holda sifatli, raqobatbardosh qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish hajmini oshirishga zamin yaratilgan.
Namangan viloyati fermer xo‘jaliklarini 2025 yilga qadar barqaror rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha bandlik va asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar salmog‘i hamda sho‘rlangan er maydoni, unumdorlik va suv sarfining ta’siri ko‘rsatkichlarining turli ssenariylarga asoslangan prognoz parametrlari bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan Namangan viloyati fermer xo‘jaliklarini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 8 oktyabrdagi 02/024-3233-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz natijalaridan Namangan viloyati qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish imkoniyati yaratilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish