Ibragimov Bekzod Odiljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘o‘zaning nav xususiyatlariga bog‘liq holda chigit ekish muddati, chilpish va defoliatsiya o‘tkazish tadbirlarini takomillashtirish”, 06.01.08-O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Qx 604.
Ilmiy rahbar: Teshaev Fatullo Jo‘raqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Djamolxon Xo‘jaxonovich biologiya fanlari doktori, professor, Raxmatov Imom Mamadiyorovich qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona viloyati o‘tloqi saz tuproqlari sharoitiga mos g‘o‘za navlarini tanlash va ularning morfo-biologik xususiyatlariga ko‘ra maqbul ekish va chilpish muddatlarini aniqlash hamda ushbu agrotadbirlarga bog‘liq holda UzDEF defolianti bilan defoliatsiya o‘tkazish samaradorligini oshirish orqali fermer xo‘jaliklariga ertaki va mo‘l paxta hosili olish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyatining o‘tloqi-botqoq tuproqlari sharoitida asosiy hamda takroriy ekin sifatida ilk bor Farg‘ona viloyatining o‘tloqi-saz tuproqlari sharoitida “Buxoro-8”, “Sulton” hamda “S-8290” g‘o‘za navlarining maqbul ekish muddatlari “Buxoro-8” navida 15-20-aprel`, “Sulton” va “S-8290” g‘o‘za navlarida 25-30-aprel` ekanligi aniqlangan;
ekish muddatlariga bog‘liq holda g‘o‘zaning o‘sib-rivojlanishi, biomassa hamda hosil to‘plashi “Buxoro-8” navi 15-20-aprelda, “Sulton” va “S-8290” g‘o‘za navlari 25-30-aprelda ekilganda yuqori bo‘lishi aniqlangan;
ekish muddatlariga bog‘liq holda “Buxoro-8” g‘o‘za navida 13-14 hosil shoxi paydo bo‘lganda, “Sulton” va “S-8290” g‘o‘za navlarida 12-13 hosil shoxi paydo bo‘lganda chilpish o‘tkazish maqbulligi isbotlangan;
Buxoro-8” g‘o‘za navida UzDEF defolianti 7,5 l/ga, “Sulton” va “S-8290” g‘o‘za navlarida UzDEF defoliantining 6,5 l/ga me’yorlari qo‘llanilganda samaradorligi, ya’ni barglar to‘kilishi, ko‘saklar ochilishi, ochilish tezligi, paxta hosili, tola va chigitning kimyoviy tarkibi hamda sanoat navi yaxshilanishi aniqlangan;
ekish muddatlari va chilpish usullariga bog‘liq holda defoliatsiya o‘tkazish majmuiy agrotadbirining g‘o‘za navlaridagi iqtisodiy samaradorligi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Buxara-8», «Sulton», «S-8290» g‘o‘za navlarining ekish muddatlariga bog‘liq holda chilpish tadbirining maqbul qo‘llash muddatlari va usullari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
ekish muddatlariga bog‘liq holda chilpish agrotadbirini tabaqalashtirib o‘tkazish va defoliatsiya samaradorligini oshirish bo‘yicha «G‘o‘za defoliatsiyasini sifatli o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar» tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 26-oktyabrdagi 02/020-3457-son ma’lumotnomasi). Tavsiyanoma respublikada paxta etishtiruvchi fermer xo‘jaliklarida hamda agroklasterlariga «Buxora-8», «Sulton», «S-8290» g‘o‘za navlarini etishtirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
g‘o‘za navlarining tezpisharligiga qarab maqbul chigit ekish muddatlarini belgilash va chilpish agrotadbirini inobatga olgan holda defolintlarni qo‘llash texnologiyasi Oltiariq tumanidagi “Dexqon zamini” fermer xo‘jaligida 55 gektar, “Qaxramon Murod Biloliddin” fermer xo‘jaligida 68 gektar, “Tojiqulov Abduraxim” fermer xo‘jaligida 52 gektar, “Yorqin Zamin Jamoli” fermer xo‘jaligida 50 gektar, jami 225 gektarga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 26-oktyabrdagi 02/020-3457-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘za navlarining biologiyasidan kelib chiqqan holda maqbul ekish muddatlarining belgilanishi va chilpish agrotadbirining tabaqalab o‘tkazilishi evaziga, ko‘saklar pishib etilishi 15-25% ga tezlashib, birinchi terim salmog‘i 15-20% ga, g‘o‘za hosildorligi 2,5-3,7 s/ga oshgan;
g‘o‘za navlarining tezpisharligiga qarab maqbul chigit ekish muddatlarini belgilash va defolintlarni qo‘llash texnologiyasi Uchko‘prik tumanidagi “Oqoltin baraka” fermer xo‘jaligida 70 gektar, “Axmedov Raimjon ota” fermer xo‘jaligida 53 gektar, “Azizov akbarali” fermer xo‘jaligida 76 gektar, “Asqarov Mexriniso” fermer xo‘jaligida 39 gektar, “Far uchko‘prik Abduxamid” fermer xo‘jaligida 47 gektar, “Ulug‘bek AGF” fermer xo‘jaliklarida 58 gektar, jami 332,9 gektarga paxta maydonlarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 26-oktyabrdagi 02/020-3457-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘za navlarining agrotadbirlarni tabaqalab o‘tkazilishi hisobiga, navlar bo‘yicha rentabellik darajasi 37,2-43,3-52,8% ni, iqtisodiy samaradorlik esa gektariga 1 mln 200 ming - 1 mln 300 ming so‘mni tashkil etgan.