Turgunov Murodjon Tursunboevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Avesto»da inson huquqlarini o‘rganishning metodologik muammolari», 12.00.13 - «Inson huquqlari» (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Yu159.
Ilmiy maslahatchi: Saidov Akmal Xolmatovich, yuridik fanlar doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, DSc.39/30.11.2020.Yu/S.128.01.
Rasmiy opponentlar: Jalilov Shuhrat Ilhamovich, yuridik fanlar doktori, professor; Turg‘unov Ilhom Turg‘unovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Maxmudova Guli Tilabovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi «Avesto»da inson huquqlari va erkinliklarining ifodalanishi, jamiyat hayotida qo‘llanilishi masalalarini yuridik nuqtai nazardan tahlil asosida tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyat va davlat bolaning shaxsi, uy-joyi daxlsizligi, xat-xabarlari sir tutilishini ta’minlashi, bolani ekspluatatsiya va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan, shu jumladan jismoniy, ruhiy va jinsiy zo‘ravonlikdan, qiynoqlarga solishdan yoki shafqatsiz, qo‘pol yoxud inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa shakldagi muomaladan himoya qilishi asoslangan;
bola huquqlarini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan shaxslarning javobgarligini oshirish, ularning bola huquqlariga so‘zsiz rioya etishining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish rakursida bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyalanishi, ota-ona yoki ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar bolaga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish bo‘yicha majburiyatlarini bajarishi lozimligi asoslab berilgan;
voyaga etmagan shaxslar o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi masalalari yuzasidan hokimiyat organlari yoki ularning mansabdor shaxslariga murojaat qilishi mumkinligi, voyaga etmagan shaxsning murojaatlarini ko‘rib chiqish majburiyligi asoslantirilgan;
aholi o‘rtasida bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish va ta’minlashda aholi o‘rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish muhimligi asoslangan;
jismoniy va yuridik shaxslar bolalar hamda ular qonuniy vakillarining bola huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi to‘g‘risidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish kafolatlarini ta’minlash muqarrarligi asoslantirib berilgan;
«Avesto»da ilgari surilgan inson huquqlari, taraqqiyoti, bosqichlari, inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, insonparvarlik, adolatparvarlik g‘oyalari zardushtiylikning bosh g‘oyasini tashkil etishi «Avesto»ni o‘rganishning metodologiyasi sifatida namoyon bo‘lishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Avesto»da inson huquqlarini o‘rganishning metodologik muammolari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
davlat va uning organlari tomonidan bola huquqlarini ta’minlash va kafolatlashning tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish bilan bog‘liq takliflar O‘zbekiston Respublikasning «Bola huquqlarining kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2021 yil 29 apreldagi 05/1-02-84a-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish O‘zbekiston davlat organlari tomonidan bola huquqlarini kafolatli ta’minlashning huquqiy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bola huquqlarini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan shaxslarning javobgarligini oshirish, ularning bola huquqlariga so‘zsiz rioya etishining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish bilan bog‘liq takliflar O‘zbekiston Respublikasning «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2021 yil 29 apreldagi 05/1-02-84a-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalardan foydalanish O‘zbekistonda bola huquqlarini ta’minlashning huquqiy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
voyaga etmagan shaxslar o‘z huquqlarini talab qila olishlari, ularning murojaati davlat organlari tomonidan majburiy ko‘rib chiqilishiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2021 yil 29 apreldagi 05/1-02-84a-son ma’lumotnomasi). Natijalardan foydalanish davlat va jamoat organlariga murojaat etish asosida bola huquqlariga rioya etilishining huquqiy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
aholi o‘rtasida bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari masalalari bo‘yicha huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 maydagi «Bola huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ–4736-son Qarorining 2-bandi uchichni xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha Vakil (Ombudsman) o‘rinbosarining 2021 yil 12 maydagi 02-07/361-son ma’lumotnomasi). Mazkur natijalardan foydalanish aholi o‘rtasida bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari masalalari bo‘yicha huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
jismoniy va yuridik shaxslar, bolalar hamda ular qonuniy vakillarining bola huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi to‘g‘risidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish kafolatlarini ta’minlashga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 maydagi «Bola huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ–4736-son Qarorining 2-bandi to‘rtinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha Vakil (Ombudsman) o‘rinbosarining 2021 yil 12 maydagi 02-07/361-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish jismoniy va yuridik shaxslar, bolalar hamda ular qonuniy vakillarining bola huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi to‘g‘risidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish kafolatlarini ta’minlashning huquqiy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan.