Mamatov Baxromjon Shavkat o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslikshifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda davlat mulkini xususiylashtirish jarayoniga xorijiy investorlarni jalb qilishni kengaytirish», 08.00.07– Moliya, pul muomalasiva kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4PhD/Iqt581.
Ilmiy rahbar: Xamidulin Mixail Borisovich, iqtisodiyotfanlaridoktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/13.05.2020.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Xaydarov Nizamiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xoshimov Elmurod Abdusattorovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi davlat mulkini xususiylashtirish jarayoniga xorijiy investorlarni jalb qilishni kengaytirishga qaratilgan ilmiytaklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xorijiy investision banklar va fondlar bilan investisiyaviy hamkorlikni rivojlantirishda investisiyaviy soliq kreditlarini taqdim etish orqali xorijiy investorlarni xususiylashtirish jarayoniga jalb qilish zarurligi ilmiy asoslangan;
xususiylashtirilayotgan davlat korxonalariga xorijiy investorlarni jalb qilishda depozitar tilxatlar emissiya qilish va jahon fond birjalariga joylashtirish maqsadga muvofiqligi ilmiy asoslangan;
xorijiy investorlarni xususiylashtirishga keng jalb qilishni kengaytirish maqsadida xo‘jalik sub’ektlari kuzatuv kengashlari tarkibini shakllantirishda «xedxanter» tizimidan foydalanish zarurligi ilmiy asoslangan;
xorijiy investision banklar va fondlarni potensial investorlar sifatida davlat korxonalarini xususiylashtirish jarayoniga jalb qilishda investisiyaviy tizerlardan foydalanish xorijiy investorlarni jalb qilishga xizmat qilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekistonda davlat mulkini xususiylashtirish jarayoniga xorijiy investorlarni jalb qilishni kengaytirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
davlat mulkini xususiylashtirish jarayoniga xorijiy investorlarni jalb qilishda xorijiy investision banklar va fondlarga investisiyaviy soliq kreditlarini taqdim etish taklifi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-598-son «Investisiyalar va investision faoliyat to‘g‘risidagi» qonunini ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2020 yil 6 martdagi 5-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, qonunning 35-moddasida soliq krediti soliq muddatini o‘zgartirish shakli bo‘lib, investor keyinchalik bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkinligi mazmunida boyitilishiga erishilgan;  
xususiylashtirilayotgan davlat korxonalari tomonidan depozitar tilxatlar emissiya qilish va jahon fond birjalariga joylashtirish orqali xorijiy investorlarni jalb qilishni kengaytirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan «Kapital bozorini rivojlantirishning 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini» ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish agentligining 2020 yil 5 fevraldagi 01-02/06-177-son ma’lumotnomasi). Natijada, Toshkent respublika fond birjasi savdo aylanmasining 2019 yilga nisbatan 2020 yilda 110,6% o‘sishiga erishilgan;
xo‘jalik sub’ektlari kuzatuv kengashlari tarkibini shakllantirishda «xedxanter» tizimidan foydalanish bo‘yicha bergan taklifi O‘zbekistonda xo‘jalik sub’ektlarini korporativ boshqaruvni keng qo‘llashga oid me’yoriy-huquqiy bazani rivojlantirish va «Dehqonobod kaliy zavodi» AJda korporativ boshqaruv me’yorlarini qo‘llashni kengaytirishga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2020 yil 6 martdagi 5-son va «Dehqonobod kaliy zavodi» AJning 2020 yil 9 iyuldagi 01/2135-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, «Dehqonobod kaliy zavodi» AJning 2018 yil uchun korporativ boshqaruv tizimining yakuniy darajasi 2017 yilga qaraganda 30 ballga oshib 190 ballni tashkil etgan;
xorijiy investision banklar va fondlarni potensial investorlar sifatida davlat korxonalarini xususiylashtirish jarayoniga jalb qilishda investisiyaviy tizerlardan foydalanish bo‘yicha bergan taklifidan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-598-son «Investisiyalar va investision faoliyat to‘g‘risidagi» qonunini ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2020 yil 6 martdagi 5-son ma’lumotnomasi). Natijada, qonunning 27-moddasi 7-bandi (tegishli hududning chet el banklari, fondlar, agentliklar va kompaniyalar bilan investisiyaviy hamkorlik yo‘nalishlarini o‘zaro manfaatli asosda rivojlantirish va diversifikatssiya qilish mazmunida boyitilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish