Akramov Jaxongir Djumanazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda ijro hokimiyati tizimini modernizatsiyalashning innovatsion omillari (mahalliy ijroiya hokimiyati misolida)», 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Siyos89.
Ilmiy rahbar: Djalilov Baxtiyor Xidaevich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08. 
Rasmiy opponentlar: Jo‘raqulov Furqat Noryigitovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Muhammadsiddiqov Muhammadolim Muhammadroziq, siyosiy fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatiga innovatsion boshqaruv texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini oshirishda benchmarking (baholash va taqqoslash), benchf`yuching (istiqbolni modellashtirish), benchreysing (maqsadga erishish yo‘li), loyihaviy boshqaruv innovatsion texnologiyalarni qo‘llash zarurati ochib berilgan;
viloyat, tuman va shahar hokimlarining xalq deputatlari Kengashi raisi funksional maqomini bekor qilish tartibi, mahalliy vakillik va ijroiya organlari o‘rtasida o‘zaro tiyib turishning siyosiy, xuquqiy konsensus me’yorlari ilmiy asoslangan;
mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining aholi ijtimoiy muammolarini bartaraf etish, iqtisodiy investisiyalarni jalb qilish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, huquqbuzarliklarni oldini olishdagi funksiyalarining  dinamikasi, hududiy moslashuvchan innovatsion siyosatining shakllari ochib berilgan;
mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatiga kraudsorsing (tashqi tashkilotlar resurslaridan foydalanish), autsorsing (tashqi resurslar - xususiy va nodavlat xizmat ko‘rsatish shakllari) zamonaviy menejment usullarini qo‘llash orqali tizimli-institusional, funksional mexanizmlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda ijro hokimiyati organlari faoliyatini modernizatsiyalashda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash jarayonini o‘rganish natijasidagi takliflar asosida:
mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini oshirishda benchmarking (baholash va taqqoslash), benchf`yuching (istiqbolni modellashtirish), benchreysing (maqsadga erishish yo‘li), loyihaviy boshqaruv innovatsion texnologiyalarni qo‘llash zarurati ochib berilganligi borasidagi ilmiy yangilik asosidagi taklif hamda tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 4-bandidagi “Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish” va 5-bandidagi “O‘rta va quyi bo‘g‘in boshqaruv idoralarining faoliyatini tubdan takomillashtirish” vazifalari ijrosini ta’minlashda foydalanib kelinmoqda (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 22 iyundagi 4-13-23-1682-son ma’lumotnomasi). Natijada boshqaruvning innovatsion moddellari asosida mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini olib borish, tuman, shahar, viloyat hokimlarining mas’uliyatini oshirish, xalq bilan muloqotning natijadorligini kuchaytirishga xizmat qilgan;
viloyat, tuman va shahar hokimlarining xalq deputatlari Kengashi raisi funksional maqomini bekor qilish tartibi, mahalliy vakillik va ijroiya organlari o‘rtasida o‘zaro tiyib turishning siyosiy, xuquqiy konsensus me’yorlari ilmiy asoslanganligi bo‘yicha ilmiy yangiliklaridan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 6-bandida belgilangan “Mahalliy ijro va vakillik organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish” vazifasini bajarish bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining 2021 yil 22 iyundagi 01-27/493-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy ijroiya organlari hamda xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari faoliyatining shaffofligini ta’minlash va joylarda qarorlar ijrosini to‘liq ta’minlash orqali xalqning legitim siyosiy institutiga aylanishiga xizmat qilgan; 
mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining aholi ijtimoiy muammolarini bartaraf etish, iqtisodiy investisiyalarni jalb qilish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, huquqbuzarliklarni oldini olishdagi funksiyalarining  dinamikasi, hududiy moslashuvchan innovatsion siyosatining shakllari ochib berilganligi bo‘yicha ilmiy yangiliklari asosidagi taklif va tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga ID-46515 raqamli “Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarori loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 22 iyundagi 4-13-23-1682-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu dissertatsiyaning xulosalari va amaliy tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyati tizimida ish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatiga kraudsorsing (tashqi tashkilotlar resurslaridan foydalanish), autsorsing (tashqi resurslar - xususiy va nodavlat xizmat ko‘rsatish shakllari) zamonaviy menejment usullarini qo‘llash orqali tizimli-institusional, funksional mexanizmlari takomillashtirilganligi bo‘yicha ilmiy yangilik asosidagi taklif hamda tavsiyalaridan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 4-bandida belgilangan “Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish” vazifasini bajarish bo‘yicha maxsus “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanildi (O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining 2021 yil 22 iyundagi 01-27/493-son ma’lumotnomasi) Natijada, boshqaruvda samarali ma’muriy vositalarini qo‘llash orqali fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvi jarayonlaridagi faolligini oshirish, yuksak ma’naviyatli, qat’iy hayotiy pozisiya ega, tashabbuskor, bilim va salohiyatini safarbar qiladigan, mamlakat istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir davlat xizmatchilari safini kengaytirish kabi strategik vazifalarning ishlab chiqilishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish