Xikmatov Bekzod Fazliddinovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «To‘g‘oni buzilishi xavfi bo‘lgan ko‘llardan oqib chiqadigan maksimal suv sarflarini hisoblash», 11.00.03 – Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Gr41.
Ilmiy rahbar [Shaxidov Abduboriy Fattaxovich], texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish instituti, DSc.27/30.12.2019.Gr.47.01. 
Rasmiy opponentlar: Muradov Shuxrat Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; Xaydarov Safarboy Abdirashitovich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tog‘ ko‘llari to‘g‘oni o‘yig‘idan oqib chiqadigan maksimal suv sarflarini hisoblashning nazariy-ehtimoliy usullarini va ular xavfini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘g‘onli ko‘llar soni, ulardagi suv miqdorining tog‘ yonbag‘irlari ekspozisiyalari, balandlik zonalari hamda alohida daryolar havzalari bo‘yicha taqsimlanishi aniqlangan;
ko‘llar to‘g‘oni o‘pirilishi va sel toshqinlari shakllanishining jala yomg‘irlar miqdori (mm), muzliklar hamda qor qoplamining erish jadalligi (mm/min)ga bog‘liqligi aniqlangan;
to‘g‘onlarda suv oqimi ta’sirida hosil bo‘lgan o‘yiqlar ko‘ndalang kesimining maksimal suv sarflariga mos keladigan parametrlarini (yuzasi, namlangan perimetri, gidravlik radiusi) aniqlash usuli yaratilgan;  
ko‘llar to‘g‘onining o‘pirilishi natijasida yuzaga keladigan sel toshqinlari gidrologik ko‘rsatkichlari (oqim tezligi, maksimal suv sarfi, oqim hajmi)ning ko‘ldagi suv sathi o‘zgarishiga bog‘liq holda hisoblash tenglamalari ishlab chiqilgan;
to‘g‘onlardagi o‘yiqlar parametrlari ( ,  , R) va maksimal suv sarflari (Qpm)ni hisoblash natijalari asosida ularning o‘pirilishi xavfini kamaytirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Tog‘li hududlardagi to‘g‘oni buzilishi xavfi bo‘lgan ko‘llardan oqib chiqadigan maksimal suv sarflarini hisoblash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston va unga tutash tog‘li hududlarda to‘g‘oni buzilishi xavfi mavjud bo‘lgan ko‘llarning geografik tarqalishi xususiyatlari, jumladan soni, ulardagi suv miqdorining tog‘ yonbag‘irlari ekspozisiyalari, balandliklar hamda alohida daryolar havzalari bo‘yicha taqsimlanishi kabi ma’lumotlar Gidrometeorologiya xizmati markazida to‘g‘onli ko‘llar monitoringini amalga oshirish rejasini ishlab chiqishda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining 2019 yil 20 dekabrdagi 01-15/1053-son ma’lumotnomasi). Natijada, to‘g‘onli ko‘llarni gidrometeorologik o‘rganish, ularning hozirgi va kelajakdagi holatini baholash borasida olib boriladigan dala-tadqiqot ishlari aniqligini oshirish imkoniyati yaratilgan; 
tog‘ ko‘llari to‘g‘oni o‘pirilishi va uning oqibatida kelib chiqadigan sel toshqinlariga sabab bo‘ladigan  gidrometeorologik sharoitlarga, jumladan, jala yomg‘irlar miqdoriga, muzliklar va qor qoplamining erish jadalligiga bog‘liqligini aniqlash   ma’lumotlaridan Gidrometeorologiya xizmati markazida aholi va boshqa iste’molchilarni oldindan ogohlantirish tizimida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining 2019 yil 20 dekabrdagi 01-15/1053-son ma’lumotnomasi). Natijada, sel toshqinlari xavfi haqida oldindan ogohlantirish tizimini takomillashtirishning yangi imkoniyatlari yaratilgan; 
to‘g‘onlarning o‘pirilishi jarayonida o‘lchamlari kattalashib boradigan o‘yiqlardan oqib o‘tadigan maksimal suv sarflariga tegishli bo‘lgan ko‘ndalang kesim yuzalarini hisoblash natijalari Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida sel toshqinlari xavfini ifodalovchi ushbu parametrlarni aniqlashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2019 yil 23 iyuldagi 2/4/15-1975-son ma’lumotnomasi). Natijada daryolar sohillarida sel oqimlaridan zarar ko‘rishi mumkin bo‘lgan maydonlarni aniq belgilash imkonini bergan; 
ko‘llar to‘g‘onining o‘pirilishi natijasida hosil bo‘ladigan o‘yiqlardan oqib chiqishi mumkin bo‘lgan sel toshqinlarining tenglamalar asosida hisoblangan oqim tezligi, maksimal suv sarfi, oqim hajmi ma’lumotlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida shu jarayonda yuzaga keladigan sel toshqinlari gidrologik ko‘rsatkichlarini baholashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2019 yil 23 iyuldagi 2/4/15-1975-son ma’lumotnomasi). Natijada, sel toshqinlari keltirishi mumkin bo‘lgan zararni yumshatish va uni oldindan baholashning qo‘shimcha imkoniyatlari yaratilgan;
turli genezisli ko‘llar to‘g‘onlari o‘pirilishi xavfini kamaytirishga qaratilgan tavsiyalar Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida to‘g‘onlar va ko‘llar barqarorligini ta’minlashga qaratilgan maqsadli himoya ob’ektlarini qurish rejalarini ishlab chiqishda qo‘llanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2019 yil 23 iyuldagi 2/4/15-1975-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘llar to‘g‘onlarini o‘pirilish xavfidan himoya qilishga qaratilgan texnik yondashuvlarning gidrologik asoslarini aniqlashtirish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish