Raximov Sherzod Shavkatovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Er usti lazerli skanerlash vositasida ochiq kon ob’ektlarining 3D modelini yaratishni takomillashtirish», 04.00.09 – Marksheyderiya (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T2214.
Ilmiy rahbar: Sayyidqosimov Sayyidjabbor Sayyidqosim o‘g‘li, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.T.98.01. 
Rasmiy opponentlar: Nurpeisova Marjan Baysanovna, texnika fanlari doktori, professor; Mamajanov Madridbek Mamajanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: «O’zGEORANGMETLITI» DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kar`erdagi deformatsion jarayonlarning sodir bo‘lishini monitoring qilish va prognozlash uchun lazerli skanerlashni qo‘llab, ochiq kon ishlari ob’ektlarining takomillashgan 3D modelini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kar`er borti atrofidagi geomexanik jarayonlarni monitoringi uchun yagona informatsion makon tuzishning talab qilingan aniqligini ta’minlaydigan ochiq kon ob’ektlarini lazerli skanerlashdan foydalanib, 3D modelini yaratish algoritmi ishlab chiqilgan;
tasodifiy funksiyalar statistik nazariyasidan foydalanish negizida natijaviy model aniqligini nazoratlab, yaqin nuqtalarni iterativ algoritm bo‘yicha skanlarini o‘zaro orientirlash orqali ochiq kon ishlari ob’ektalarining modeli yaratilgan;
ishlab chiqilgan kompleks marksheyderlik kuzatuvlarni qo‘llash negizida tog‘ jinslari deformatsiyalanishini zamon va makon ulchamida rivojlanishini prognozlash va ularni tavsifini hisobga olgan holda tektonik va texnogen omillar bo‘yicha kuzatish to‘xtamlarini o‘rnatish joylari asoslangan;
kar`er borti ustuvorligini prognozlashni ehtimoli va ishonchliligini oshiruvchi lazerli skanerlash negizida, ilg‘or informatsion texnologiyalarni o‘z ichiga olgan bort atrofi massividagi geomexanik jarayonlarni monitoring tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Er ustidan lazerli skanerlash vositasida ochiq kon ob’ektlarining 3D modelini yaratishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar va me’yoriy yo‘riqnomalar kar`er bortlari ustuvorligini ta’minlash va loyihaviy echimlar qabul qilishda, konchilik ishlarini bexatar olib borish, joriy va istiqbolli rejalashtirish Xaranut va Angren ko‘mir razrezlarida amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekko‘mir» AJning 2020 yil 24 noyabrdagi 01-13/1527-son ma’lumotnomasi). Natijada, konchilik korxonasining marksheyderlik ishlari samaradorligi va kon-grafikaviy xujjatlarning sifatini yaxshilash, loyihaviy hujjatlarni tayyorlash muddatini kamaytirish, ko‘mir qazib olinadigan razrezlarda yagona informatsion makon yaratish, kon zaxirasining va bajarilgan konchilik ishlarining xajmi hisobini yuritish aniqligini oshirish imkonini bergan;
kon ishlarini boshqarish va loyihalash uchun kar`erlarni uch o‘lchamli model` texnologiyasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning «2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2021 yil 18 martdagi XA-002451-son ma’lumotnomasi). Natijada, kar`er borti ustuvorligini prognozlash ishonchliligini oshirish va konchilik ishlarini bexatar olib borish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish