Kasimov Farxod Orifjanovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Texnologik ob’ektlarni boshqarish masalalarida ijro mexanizmlari holatini baholash algoritmlari», 05.01.06 – «Hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimlarining elementlari va qurilmalari».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2083
Ilmiy rahbar: Ismailov Mirxalil Agzamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: O‘ljaev Erkin, texnika fanlari doktori, dotsent; Sapaev Mamatkarim, texnika fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: texnologik ob’ektlarni boshqarishda keng qo‘llaniladigan ijro mexanizmlari holatini aniq baholashning tezkor algoritmlarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
analitik va eksperimental-statistik modellashtirish usullari asosida ishqalanish omillari va harakatlanuvchi elementlarning o‘qlari bo‘ylab yo‘naltirilgan kuchlarni hisobga olgan holda ijro mexanizmlari holatini baholash uchun matematik modellar ishlab chiqilgan;
normal va g‘alayonlantiruvchi ta’sirlar ostida ishlovchi ijro mexanizmlari va uning etalon modeli chiqishlarini taqqoslash asosida olingan xatoliklarni kompensatsiyalovchi algoritm ishlab chiqilgan;
harakatlanuvchi elementlariga sensor o‘rnatish mumkin bo‘lgan ijro mexanizmlari uchun ularning real holatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri baholovchi berk konturli struktura ishlab chiqilgan;
ijro mexanizmlarining harakatlanuvchi elementlarini boshqarish tizimini to‘g‘rilovchi qurilmasini tahlil va sintez qilish algoritmlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Texnologik ob’ektlarni boshqarish masalalarida ijro mexanizmlari holatini baholash algoritmlarini sintezlash natijalari asosida: 
analitik va eksperimental-statistik modellashtirish usullari asosida ishqalanish omillari va harakatlanuvchi elementlarning o‘qlari bo‘ylab yo‘naltirilgan kuchlarni hisobga olgan holda ijro mexanizmlari holatini baholash uchun matematik modellar  «Toshkent Yog‘-moy kombinati» AJda joriy qilingan («Yog‘-moy sanoati» korxonalari uyushmasining 2021 yil 12 maydagi KS/3-509-son ma’lumotnomasi). Natijada, margarin ishlab chiqarish sexida xom ashyolarni dozalash jarayonining samaradorligini 1,5 foizga oshirish imkonini bergan;
ijro elementlarini boshqarish qurilmasi va tizimi «Toshkent Yog‘-moy kombinati» AJda joriy qilingan («Yog‘-moy sanoati» korxonalari uyushmasining 2021 yil 12 maydagi KS/3-509-son ma’lumotnomasi). Natijada, ijro elementlaridagi buzulishlar soni kamaytirilib, jarayonning uzoq vaqt uzluksiz ishlashini ta’minlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish