Rasulov Zokir Pardaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Trenerlarning kasbiy-psixologik tayyorgarligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped459.
Ilmiy rahbarlar: Yarashev Komiljon Dexqonovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor; Shopulatov Abdumalik Nurullaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipova Dilorom Djumaniyazovna, pedagogika fanlar doktori professor; Akramov Jasur Anvarovich, pedagogika fanlar nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi trenerlar kasbiy-psixologik tayyorgarligini rivojlantiruvchi mexanizmlarni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
trenerlar shaxsiga xos “kuzatuvchanlik”, “mustaqillik”, “kommunikativlik”, “o‘z-o‘zini boshqarish”, “kasbiy kompetentlik”, “sezgirlik” kabi asosiy kasbiy-psixologik xususiyatlar faktor-matrisa asosida empirik baholanib, trening mashg‘ulotlarini tashkil etish algoritmiga adaptiv o‘zgartirishlar kiritish hisobiga ish beruvchilarning talablari bo‘yicha takomillashtirilgan;
trenerlarning kasbiy ahamiyatga ega bo‘lgan xususiyatlarini aniqlash yo‘llari modifikatsiyalashtirish hisobiga kasbiy va shaxsiy sifatlarning pedagogik jihatdan shakllanish va rivojlanish imkoniyatlari takomillashtirilgan;
trenerlarning kasbiy ahamiyatga ega bo‘lgan xususiyatlarini hamda tayyorgarlik darajasini belgilovchi shkalalarning korrelyasion bog‘liqligini aniqlash orqali individuallik komponentlarini tartiblashtirish asosida kasbiy va shaxsiy sifatlarini rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilgan;
trenerlarni amaldagi tayyorlash mexanizmlari asosida kasbiy-psixologik tayyorgarligini rivojlantirishni ta’minlashga yo‘naltirilgan variativ axborot-uslubiy ta’minotini tizimlashtirish hisobiga trenerlarni tayyorlash modeli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Trenerlarning kasbiy-psixologik tayyorgarligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida:
“kuzatuvchanlik”, “mustaqillik”, “kommunikativlik”, “o‘z-o‘zini boshqarish”, “kasbiy kompetentlik”, “sezgirlik” kabi asosiy kasbiy-psixologik xususiyatlarni trener shaxsida shakllanishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 32-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2021 yil 25 fevraldagi 03-07-08-667-son ma’lumotnomasi). Natijada, sport faoliyatini yakunlagan sportchilar trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari, pedagogik faoliyatni yuritish, shuningdek zarur va etarli hajmda yangi bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi uchun xizmat qilgan;
trenerlar kasbiy-psixologik tayyorgarligini takomillashtirishni diagnostika qilish uchun mo‘ljallangan psixodiagnostik metodikalar tizimini ishlab chiqish va baholashdan olingan natijalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi va uning filiallarida malaka oshirish kurslariga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2021 yil 25 fevraldagi 03-07-08-667-son ma’lumotnomasi). Natijada trenerlarning “sezgirlik”, “aqliy-intellektual faollik”, “irodalilik”, “kuzatuvchanlik”, “kommunikativlik” va “diqqatning barqarorligi” kabi kasbiy kompetentlik darajasi markazda o‘rtacha 10,8% ga, Nukus filialida o‘rtacha 9,8% ga, Samarqand filialida o‘rtacha 9,8% ga, Farg‘ona filialida o‘rtacha 8,8% ga oshishiga erishilgan;
kasbiy-psixologik tayyorgarlikning yuqoriligi, kasbiy ahamiyatga ega bo‘lgan sifatlar, trener pedagogik faoliyatining individual uslublari va kasbiy tayyorgarlikka doir natijalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi va uning filiallariga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2021 yil 25 fevraldagi 03-07-08-667-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Pedagogning professional kompetentligi va mahorati”, “Sport faoliyati psixologiyasi” modullari, “Psixologiya va sport psixologiyasi”, “Sport psixodiagnostikasi”, “Trener-o‘qituvchining professional kompetentligi va mahorati” “Sport faoliyati psixologiyasi” modullari orqali trenerlarini o‘qitish sifati 27% ga yaxshilangan;
trenerlarni amaldagi tayyorlash mexanizmlari asosida kasbiy-psixologik tayyorgarligini rivojlantirishni ta’minlashga yo‘naltirilgan variativ axborot-uslubiy ta’minoti bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Kasbiy psixologiya” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yildagi 434-son buyrug‘i asosida 434-281-raqamli guvohnomasi). Natijada, trenerlar va sport psixologlari faoliyatida “diqqatining barqarorligi”, “diqqatning uzoq vaqt to‘planishi”, “sezgirligining oshishi”, “irodaviy harakatlarning mustahkam darajada rivojlanganligi” va “kuzatuvchanlik qobiliyati” kabi xususiyatlar rivojlanishi 8,5% ga oshishiga xizmat qilgan.