Hajibaev Quvvat G‘anievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Orol dengizi Artemia sistasi tarkibidagi oqsil tabiatli birikmalarining kimyoviy tarkibi va biologik faolligini tadqiq qilish», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/K351.
Ilmiy rahbar: Oshhepkova Yuliya Igorevna, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/V.37.01.
Rasmiy opponentlar: Gafurov Maxmudjon Bakievich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Ramazonov Nurmurod Sheralievich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Ilg‘or texnologiyalar markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Orol dengizi Artemia sistasidan oqsil-peptid komponentlar ajratish, ularning fizik-kimyoviy xususiyatlari, biologik faolligini, oziq-ovqat sanoati va tibbiyotda foydalanish istiqbollarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qozog‘istonning Pavlodar viloyati tuzli ko‘llaridagi Artemia turlari bilan Orol dengizi Artemia sistalarining umumiy kimyoviy tarkibi taqqoslanib aniqlangan;
Orol dengizi Artemia sistalaridan ko‘plab biologik jarayonlarni tartibga soluvchi Poliubikvitinga o‘xshash oqsillarga gomolog bo‘lgan oqsillar identifikatsiyalangan;
ilk bor Orol dengizi Artemia sistalaridan rivojlanishning dastlabki bosqichida va stress reaksiyalari mavjud bo‘lganda turli xil hujayra funksiyalarida va oqsil sintezini tartibga solishda ishtirok etadigan elongatsiya omili, aktin, issiqlik zarbasi oqsillariga gomologik bo‘lgan oqsillar identifikatsiyalangan;
oqsil-peptid komponentlari immunostimulyasiya qiluvchi va antigipoksik xususiyatga ega ekanligi, kelib chiqishi turlicha bo‘lgan gipoksiyaga chidamliligini oshirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Orol dengizi Artemia sistalarining kimyoviy tarkibi va oqsil-peptid komponentlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Artemia sistalarining naslli xayvonlar uchun boshlang‘ich ozuqa sifatida ishlatish bo‘yicha tavsiyalar «Jasmine Gold Group» MChJda amaliyotga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhafoza qilish qo‘mitasining 2021 yil 20 yanvardagi 02/18-1-116-son ma’lumotnomasi). Natijada, suniy sharoitda o‘stirilgan baliqlar uchun samarali boshlang‘ich ozuqani yaratish imkonini bergan;
Orol dengizi Artemia sistalarining organoleptik va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlaridan L.N. Gumilev nomidagi Evroosiyo Milliy universiteti tomonidan Qozog‘iston sho‘r ko‘llarida yashovchi Artemia sistasidan asosiy xususiyatlarini aniqlashga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlarida foydalanilgan (Qozog‘iston Respublikasi Fan va Ta’lim vazirligi L.N. Gumilev nomidagi Evroosiyo Milliy universitetining 2021 yil 6 fevraldagi 03-01-64/6962-son ma’lumotnomasi). Natijada, Markaziy Osiyo regionlari, Qozog‘iston va Sibir` sho‘r ko‘llarida yashovchi Artemia turlarini solishtirma tavsiflash imkonini bergan.