Ruziev Ilyos Xakimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Izoxinolin qatori moddalarining yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi», 02.00.04 – Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/K92.
Ilmiy rahbar: Muxamadiev Nurali Qurbonalievich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.02.05.
Rasmiy opponentlar: Eshmamatova Nodira Baxramovna, kimyo fanlari doktori, dotsent; Do‘stov Sayfullo Idievich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasida ba’zi azot saqlagan geterotsiklik birikmalarning ushlanishi, sorbsiya termodinamikasi va sintez reaksiyalari mexanizmini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
YuSSX sharoitida toza holdagi izoxinolin va pirimidinon-4 hosilalarining xromatografik ushlanish kattaliklari aniqlangan;
birikmalarning ushlanish xarakteristikalarini ularning fizik-kimyoviy va topologik parametrlariga bo‘lgan bog‘liqliklari isbotlangan;
YuSSX sharoitida toza holdagi izoxinolin va pirimidinon-4 hosilalarining sorbsiyalanish ental`piyasi va entropiyasi aniqlangan;
izoxinolin hosilalari sintezida qo‘llanilgan kondensatlanish va sikllanish reaksiyalarining kinetik kattaliklari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Izoxinolin qatori moddalarining YuSSXsi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tabiiy bo‘yoqlar tarkibidan geterotsiklik birimalarni aniqlash usuli MChJ shaklidagi “ATUSH MIHNAT TEXTILE” O‘zbekiston-Turkiya horijiy korxonasida amaliyotga joriy etilgan (MChJ shaklidagi “ATUSH MIHNAT TEXTILE” O‘zbekiston-Turkiya horijiy korxonasining 2020 yil 18 dekabrdagi 21-01/2020-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy bo‘yoqlar tarkibidan geterotsiklik birikmalarni aniqlashning tezkor va namunani tayyorlamasdan o‘tkazish hamda chiqindi suvning ekologik monitoringini amalga oshirish imkonini bergan;
tabiiy bo‘yoqlar tarkibidan geterotsiklik birimalarni aniqlash usuli MChJ shaklidagi “AHMAD ISROIL TEX” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy etilgan (MChJ shaklidagi “AHMAD ISROIL TEX” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasining 2020 yil 10 dekabrdagi 25-01/2020-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy bo‘yoqlar tarkibidan geterotsiklik birikmalarni aniqlashning tezkor va namunani tayyorlamasdan o‘tkazish hamda chiqindi suvning ekologik monitoringini amalga oshirish imkonini bergan.