Shakirova Fotima Abdulazizovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gerpetik stomatit va lab uchug‘ini klinik kechishi, davolash», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib.781.
Ilmiy raxbar: Kamilov Xaydar Pozilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Antonova Aleksandra Anatol`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Bekjanova Ol`ga Esenovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Voronejskiy gosudarstvenniy medisinskiy universitet imen Burdenko. (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gerpetik stomatit va lab uchug‘ini tashxislash va davolash bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
og‘iz bo‘shlig‘ida joylashgan shikastlovchi karioz kavak qirralari, sifatsiz plomba, qoplamalar nuqsonlari, tish toshlari kabi omillarning ta’siri surunkali yashirin xolatdagi gerpetik stomatitni takrorlanishdagi axamiyati aniqlangan;
ilk marotaba gerpetik stomatit kasalligida α-defenzin HNP-1ni darajasi virusli infeksiya miqdoriga nomutanosibligi kasallikni yashirin davrini erta bashoratlashda, davolash samaradorligi kuzatuvida zaruriy axamiyatga egaligi isbotlangan;
past intensiv lazer nurlarini fotoximik ta’sirlari orqali to‘qimada ajralgan singalet kislorodi mahalliy immun tizimi sIg A  faolashuviga olib kelishi va yallig‘lanish jarayonlari bartaraf etilishiga asoslangan;
gerpetik stomatitni majmuaviy davolashda bioqo‘shimcha va FDT ko‘llash samaradorligi og‘iz bo‘shlig‘i gigienik holatini baholovchi indekslar KPI, PI, IK me’yorlashuvi, kasallikning og‘irlik darajasini kamayishi va remissiya davrini uzayishiga asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Gerpetik stomatit va lab uchug‘i mavjud bemorlarda kasallikni oldini olish va davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
aralash so‘lak tarkibida sIg A, Ig: A, M, G, α-defenzin HNP-1 miqdorlarini aniqlash, bemorlar stomatologik statusini indeksli baholash bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar asosida ishlab chiqilgan «Og‘iz bo‘shlig‘ida shikastlovchi omillar mavjud gerpetik stomatit va lab uchug‘i bilan kasallangan bemorlarda mukozal` immunitetni tashxislashning noinvaziv usullari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 17 dekabrdagi 8n-r/573-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma gerpetik stomatit va lab uchug‘i bilan xastalangan bemorlarni tashxislash va davolashga yangicha yondoshishga imkonini bergan;
gerpetik stomatit va lab uchug‘i bilan kasallangan bemorlarni majmuaviy davolashda bioqo‘shimcha va FDT samaradorligi asosida ishlab chiqilgan «Orofatsial soxa gerpes virusli infeksiyalarini davolash usullarini takomillashtirish» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 23 fevraldagi 8n-r/136-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma gerpetik stomatit va lab uchug‘ini davolash usullarini takomillashtirishga imkon bergan;
gerpes va gerpetik stomatitni tashxislash va davolashning ishlab chiqilgan usullarini sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, “4-stomatologik poliklinika” OAJ, O‘zR SSV stomatologik poliklinikasi amaliyotiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 1 mart 2021 yildagi 8n-d/83-sonli xulosasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi kasallikning davomiyligini kamaytirish, davolash samaradorligini oshirish, resediv va asoratlarini kelib chiqish extimolini kamaytirdi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish