Barnoev Xabib Bobomurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali buyrak kasalligi bor bemorlarni davolashda antiagregant terapiyani solishtirma samaradorligini o‘rganish orqali davolashni muqobillashtirish» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib 854
Ilmiy rahbar: Sabirov Maksud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02
Rasmiy opponentlar: Babadjanova Shaira Agzamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Egamberdieva Dano Abdisamatovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi
Dissertatsiya yo‘nalishi: Amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi surunkali buyrak kasalligining II-III bosqichidagi bemorlarda kompleks terapiya tarkibida pentoksifillin va alltrombosepin preparatlarining davo samaradorligini solishtirma baholash asosida antiagregant terapiyani muqobillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali buyrak kasalligining dializgacha bo‘lgan davridagi bemorlarda buyrak faoliyatining holatini baholovchi qonda mochevina, kreatinin va koptokchalar fil`tratsiyasi tezligi ko‘rsatgichlarini gemostaz tizimi ya’ni trombotsitlar agregatsiyasi, fibrinogen, tromboplastinning qisman faollashtirilgan vaqti, tromb sinovi va qon ivish vaqti o‘zgarishlar bilan uzviy bog‘liqligi isbotlangan;
surunkali buyrak kasalligining dializ oldi davridagi bemorlarda buyraklar funksional zaxirasi ya’ni oqsilli yuklamadan so‘ng buyrak faoliyati va buyrak ichi gemodinamikasini gemostaz tizimi ko‘rsatgichilari hisoblangan trombotsitlar agregatsiyasi, fibrinogen, tromboplastinning qisman faollashtirilgan vaqti, tromb sinovi va qon ivish vaqti buzilishlari bilan bevosita bog‘liqligi isbotlangan;
surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda mahalliy xomashyodan olingan antiagregant bilan davolash buyrak faoliyati va gemostaz tizimi ko‘rsatkichlariga, buyrak ichi gemodinamikasi va buyraklar funksional zaxirasiga ta’sir samaradorligi asoslangan;
surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda mahalliy o‘simlik xomashyosidan olingan antiagregant dori vositasi bilan an’anaviy antiagregant dori vositasini alohida-alohida guruhlarda solishtirib baholash orqali buyrak funksional holatini saqlab qolish va bemorlarni dializgacha bo‘lgan davri uzayishi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surunkali buyrak kasalligi bor bemorlarni davolashda antiagregant terapiyani solishtirma samaradorligini baholash orqali davolashni muqobillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
surunkali buyrak kasalligining II-III bosqichida buyrak funksional zaxirasini baholagan holda antiagregant terapiyani muqobillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Surunkali buyrak kasalligining II-III bosqichida buyrak funksional zaxirasini baholagan holda antiagregant terapiyani muqobillashtirish» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 8n-r/416-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma nefrologiya va terapiya klinik amaliyotida surunkali buyrak kasalligini kompleks davolashda antiagregant dori vositalardan foydalanish orqali buyraklar funksional zaxirasini uzoqroq saqlab turish imkonini bergan;
surunkali buyrak kasalligida antiagregant terapiyaning samaradorligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Surunkali buyrak kasalligida antiagregant terapiyaning samaradorligi» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 19 noyabrdagi 8n-r/436-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali buyrak kasalligini kompleks davolashda antiagregant dori vositalardan foydalanish orqali kasalliklarda azotemiyani kamaytirish imkonini bergan;
surunkali buyrak kasalligi bor bemorlarni davolashda antiagregant terapiyani solishtirma samaradorligini baholash orqali davolashni muqobillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi va Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining amaliyotga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 26 maydagi 08-04/4673-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi surunkali buyrak kasalligining klinik kechishi va uni kompleks davolashda surunkali buyrak kasalligi avj olib rivojlanishini sekinlashtirish imkonini bergan.