Adilxodjaeva Zilola Xaydarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining shikastlanishi bilan kechuvchi Grinshpan-Potekaev sindromini davolashni takomillashtirish», 14.00.21 – Stomatologiya, 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib762.
Ilmiy raxbar: Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Azizov Baxodir Sadikovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot instituti. 
IK faoliyat kursatayotgan muassasa nomi, IK rakami: Samarkand davlat tibbiyot instituti, DSc.04/05.06.2020 Tib 102.02.
Rasmiy opponentlar: Tishhenko Andrey Leonidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya); Zoyirov Tulkin Elnazarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Ukraina davlat oliy ta’lim muassasi «Ukraina tibbiyot stomatologiya akademiyasi» (Ukraina).
Dissertatsiya yunalishi: amaliy axamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasini zararlagan qizil yassi temiratkida Grinshpan-Potekaev sindromini davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati ko‘k nur bilan yoritilganda qaytayotgan nurlanish rangining uzgarishiga asoslanib xujayra atipizmiga baxo berish yuli orqali qizil yassi temiratki onkologik extietkorlik ahamiyati asoslangan;
og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini shikastlanishi bilan kechuvchi Grinshpan-Potekaev sindromini patologik jarayonlarni autofluoressensiya yuli orqali bashoratlash va patogentik davolash asoslangan;
ilk marta Grinshpan-Potekaev sindromiga chalingan bemorlar qonini lazer nurlantirishdan iborat umumiy patogenetik davolash usuli «Laznik-Vlok» apparati yordamida qonga fotobiologik ta’sir o‘tkazishning noyob noinvaziv usuli isbotlangan; 
ilk bor og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati yuzasiga dori malxamlarini birikish xususiyatini kupaytiruvchi dori vositalarini qo‘llab, maxalliy yallig‘lanishga qarshi jarayonlarini faollashtirilib,  Grinshpan-Potekaev sindromini majmuaviy davolashning yuqori samaradorligi klinik-laborator tekshiruvlar ketma-ketligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini shikastlanishi bilan kechuvchi Grinshpan-Potekaev sindromini davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Grinshpan-Potekaev sindromini davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Grinshpan-Potekaev sindromini davolashni maqbullashtirish»  uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 24 noyabrdagi 8n–d/190–son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga qo‘llanilishi natijasida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining saraton oldi kasalliklarini tashxislashda dispers nur sochib turuvchi zarrachalarning o‘rni va ahamiyatini asoslash va bemorlar hayot sifati darajasini  oshirish va salomatlik holatini tiklash imkonini bergan;
Grinshpan-Potekaev sindromini tashxislash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Grinshpan-Potekaev sindromini tashxislash mezonlari»  uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 24 noyabrdagi 8n–d/190–son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga qo‘llanilishi natijasida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining saraton oldi kasalliklarini klinik va sitologik mezonlarga asoslanib, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati saratonoldi kasalliklarini tashxislshga imkon bergan;
og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini shikastlanishi bilan kechuvchi Grinshpan-Potekaev sindromini davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent davlat stomatologiya instituti shifoxonasi hamda 4-sonli stomatologik oilaviy shifoxonasining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 27 maydagi 08.04/4267-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi asosiy guruhda remissiya davomiyligi 95,83% holatda 4,5 ± 0,09 oyni va 6 oylik davolanishdan keyin 4,16% oyni, qandli diabet va xafaqon bilan birga uchraydigan QYaTning eroziv-yarali shakli kasallikning tipik shakliga aylangan, dastlabki ko‘rsatkich bilan taqqoslaganda, asosiy guruhdagi bemorlarda remissiya 1,98 martaga, taqqoslash guruhidagi bemorlarda esa remissiya dastlabki darajadan 1,25 martagacha uzaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish