Aydarova Nargiza Pulatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dermatorespirator sindromli bronxial astmaga chalingan bemorlarda tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari)..
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1591.
Ilmiy rahbar: Nazarov Azadbek Axmedovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01.
Rasmiy opponentlar: Ziyadullaev Shuxrat Xudayberdievich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Yuldashov Il`xom Ruzievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Dermatorespirator sindromli bronxial astmaga chalingan bemorlarda tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
atopik dermatitli bemorlarda dermatorespirator sindrom rivojlanishi uning xavf omillari (nasliy moyillik, atopiyaning ilk bolalik davrida boshlanishi, atopik dermatitning allergik rinit yoki kon’yuktivit, bronxial astma bilan birgalikda kechishi) uchrashi darajasi bilan bemorlarda maishiy va o‘simlik gullari changiga polivalent sensibilizatsiyasiga to‘g‘ri proporsional bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor AtD+ARga chalingan bemorlarda o‘simlik gullari changiga monovalent sensibilizatsiya, AtD+BA va AtD+AR+BA guruxidagi bemorlarda monovalent va polivalent sensibilizatsiya xamda barcha kuzatilgan bemorlarda oziq-ovqat allergenlariga kesishuvchi sensibilizatsiya rivojlanishi isbotlangan;
atopik dermatitli bemorlarda yallig‘lanishga xos (IFN-γ) sitokin miqdorining yallig‘lanishga qarshi (IL-4+IL-10) sitokinlar miqdoriga nisbatining (SI) yuqori ko‘rsatkichlari kasallik (AtD+AR, AtD+BA, AtD+AR+BA) guruxlariga bronxial astma qo‘shilishiga bog‘liq xolda keskin pasayishi aniqlangan;
dermatorespirator sindromli atopik dermatitli bemorlarda bronxial astma qo‘shilganida barcha spirometrik (JEL, OFV1, PFM, MOS50 va MOS25) ko‘rsatkichlar kasallikdagi bronxlar qarshiligi ortishi va barcha nafas xajmlarining kamayishi xisobiga nafas yo‘llarida obstruksiya rivojlanishiga bog‘liq proporsional pasayishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dermatorespirator sindromli bronxial astma bilan kasallangan bemorlarni davolash va profilaktikasini mukammallashtirish usullari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
atopik marshning erta aniklash va davo usullarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Atopik dermatitdan bronxial astmagacha (dermatorespirator sindrom va atopik marsh: tashxislash, klinik kechishi, davolash va profilaktika)» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 yanvardagi 8n-d/43-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi bemorlarda kasallikni erta aniqlash, o‘z vaqtida davolash usulini qo‘llash orqali kasallik rivojlanishi va kelib chiqadigan asoratlarini oldini olishga xizmat qilgan;
dermatorespirator sindromli bronxial astmaga chalingan bemorlarda tashxislash, davo va profilaktika usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 25 maydagi 08-04/4764-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning klinik amaliyotga joriy etilishi kasallikni erta tashxislash, davolash taktikasini takomillashtirish, kasallik asoratlarini kamaytirish, tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish xisobiga kasalxonada davolanish davomiyligini qisqartirishga imkon yaratgan.