Artikova Magina Akmalovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda ikkilamchi oksalatli nefropatiyaning klinik-funksional xarakteristikasi», 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1. PhD/Tib557.
Ilmiy rahbar: Sharipov Alisher Mirxamidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Shamansurova El`mira Amanullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Fazlitdin Sayfutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda ikkilamchi oksalat nefropatiyasini erta tashhislash mezonlarini ishlab chiqish, klinik-funksional xususiyatlari va xavf omillarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda ikkilamchi oksalatli nefropatiya kelib chiqishida sun’iy oziqlantirish hamda antibakterial davolash ichak mikrobiotasida lakto- va bifidobakteriyalar miqdorining kamaytirishiga ta’sir etuvchi, oksalat absorbsiyasini kuchaytiruvchi xavf omillari ekanligi isbotlangan;
bolalarda ikkilamchi oksalatli nefropatiyaning oshqozon-ichak traktining o‘tkir gastrit, o‘tkir diareya, ichak dispepsiyasi kasalliklarining oqibatida kelib chiqishi asoslangan;
buyraklarda oksalatli kristalluriyaning nefropatiyaga o‘tishi, tubulointerstisial zararlanishi belgisi bo‘lgan mikroal`buminuriya, leykotsituriya, gipersteinuriya va mikrolitiaz merkerlari hisoblanuvchi Tamma-Xorsfall oqsilini aniqlash orqali erta tashhislash usuli ishlab chiqilgan;
ikkilamchi nefropatiyada polimer zanjirli reaksiyasi yordamida lakto va bifidobakteriyalar koloniyasining keskin kamayib ketishi, Oxalobacter formigenes bakteriyasining manfiy natija berishi, kasallikning enteral shakliga olib keluvchi giperoksaluriya holatlarida ichak mikrobiotining ahamiyati yuqori ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bolalarda ikkilamchi oksalatli nefropatiyaning klinik-funksional tavsifini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bolalarda uchraydigan ikkilamchi nefropatiyani samarali tashhislash va davolash algoritmlaridan foydalanish orqali amalga oshirilgan ilmiy natijalar asosida «Bolalarda ikkilamchi oksalatli nefropatiyasining davolash va tashxislash algoritmlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 5 iyuldagi 8n-r/292-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ikkilamchi oksalatli nefropatiyasi bo‘lgan bolalarda kasallikni erta tashhislash, davolash samaradorligini oshirish, bemorlarning shifoxonada bo‘lish vaqtini qisqartirish bilan birgalikda kasallikning asoratlarini kamaytirish imkonini bergan;
bolalarda ikkilamchi oksalatli nefropatiyaning klinik-funksional kechish xususiyatlariga asoslangan holda tashhislash va davolash tartibini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Andijon viloyat bolalar shifoxonasi, Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli markazining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 4 martdagi 8n-z/43-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalari klinik amaliyotga joriy qilinishi orqali ikkilamchi oksalatli nefropatiyasi bilan kasallangan bolalarda siydik ayirish tizimi zararlanishi noxush oqibatlarini erta baholash, tubulointerstisial nefrit, siydik chiqarish tizimi infeksiyasi, uro- va nefrolitiaz, buyrakning surunkali kasalliklari kabi asoratlar sonining hamda kasallik oqibatlari bilan bog‘liq nogironlik darajasini kamaytirish imkonini bergan.