Sadanova Dilnoza Alimbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda inson manfaatlarining sotsioantropologik mohiyati», 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fal275.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Xajieva Maqsuda Sultonovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Xakim Nazarovich, falsafa fanlari doktori,professor; Negmatova Shaxzoda Shuhratovna, falsafa fanlari doktori(DSs).
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamiyat taraqqiyotining xususiyatlari, qonuniyatlari hamda inson manfaatlarining sotsioantropologik mohiyatini ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan ochib berish va inson manfaatlarining ta’minlanishini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyat taraqqiyoti va inson manfaatlariga oid ilmiy ta’limotlarning antropologik va sivilizatsion xususiyatlari aniqlangan hamda jamiyat va inson munosabatlarida inson manfaatlarining o‘rni va mohiyati siyosiy, huquqiy, axloqiy me’yorlar asosida ochib berilgan;
fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda inson huquq va erkinliklarini ta’minlanishi jamiyat taraqqiyotini barqarorlashtiruvchi ijtimoiy-siyosiy faktorga aylanishi, uning ong va tafakkurga deterministik ta’sir etishi umummillat manfaatlarini shakllantiruvchi mezon ekanligi asoslangan;
jamiyat taraqqiyotida iqtisodiy manfaatlar bilan inson manfaatlarining uyg‘unlashuvi iqtisodiy taraqqiyotga pozitiv ta’sir etishi aniqlanib, bu jarayonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining bandlikni ta’minlash, aholini ijtimoiy qo‘llab quvvatlash, ma’rifatni yuksaltirishdagi rolini yanada oshirish dolzarb ekanligi isbotlangan;
ma’naviyat, madaniyat, san’at, qadriyat kabi jamiyat ma’naviy-madaniy taraqqiyotidagi etnodifferensial xususiyatlarning intellektual boy va sotsiokreativ yangi avlodni tarbiyalashda vatanparvarlik, fidoiylik, isloxatlarga daxldorlik tamoyillarning ahamiyati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda inson manfaatlarining sotsioantropologik mohiyatini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
jamiyat taraqqiyoti va inson manfaatlariga oid ilmiy ta’limotlar antropologik va sivilizatsion yondashuvlar nuqtai nazaridan tahlil qilinib, jamiyat va insonning o‘zaro munosabatlarida inson manfaatlarining o‘rni va mohiyati sotsioantropologik me’yorlar asosida ochib berilganganligiga oid ilmiy xulosalardan “Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 iyundagi 89-03-1969-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur nazariy xulosalar darslikning nazariy jihatdan takomillashuviga xizmat qilgan;
fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda inson huquq va erkinliklarini ta’minlanishi jamiyat taraqqiyotini barqarorlashtiruvchi ijtimoiy-siyosiy faktorga aylanishi, uning ong va tafakkurga deterministik ta’sir etishi umummillat manfaatlarini shakllantiruvchi mezon ekanligi to‘g‘risidagi materiallardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Xalq qabulxonalarida” nomli radioeshitirishning ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi 2020 yil 17 avgustdagi 04-25-798-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizda inson manfaatlarini ustuvorligini amalda ta’minlash borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning tub mohiyatini xalqimizga etkazishga, davlat organlarini xalqqa xizmat qildirish g‘oyasi negizida xalq ommasining ijtimoiy faolligini oshirish, islohotlarda faol ishtirok etishini ta’minlash va huquqiy savodxonligini yuksaltirishga xizmat qilgan;
jamiyat taraqqiyotida iqtisodiy manfaatlar bilan inson manfaatlarining uyg‘unlashuvining iqtisodiy taraqqiyotga pozitiv ta’sir etishi, bu jarayonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining rolini yanada oshirish dolzarbligiga doir ilmiy-nazariy xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi dasturining “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” bobi “To‘liq bandlik va munosib ish o‘rni” bandini tayyorlashda foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi 2020 yil 18 sentyabrdagi 01-27/400-son ma’lumotnomasi). Natijada aholi o‘rtasida iqtisodiy manfaatlar bilan inson manfaatlarining uyg‘unligini hamda bu jarayonda kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarining rolini kuchaytirishga qaratilgan mexanizmlarini takomillashtirish, barcha sohalarda inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlashga doir targ‘ibot-tashviqot ishlari samaradorligini oshirishga erishilgan;
ma’naviyat, madaniyat, san’at, qadriyat kabi jamiyat ma’naviy-madaniy taraqqiyotidagi etnodifferensial xususiyatlarning intellektual boy va sotsiokreativ yangi avlodni tarbiyalashdagi ahamiyati ochib berilganligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tamonidan moliyalashtirilgan Bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash assotsiatsiyasi Xorazm viloyati xududiy bo‘linmasining “Etuk inson bo‘lishimga ishonaman” nomli 2019 yil 10 iyundagi 61-02/139-son hamda Fuqarolik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash markazi Xorazm viloyat bo‘limining 2019 yil 10 iyundagi 61-02/129-son “Oilamiz tinch farzandlarimiz sog‘lom” mavzuidagi grant loyihalarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining 2020 yil 25 iyundagi 18/8-209-son ma’lumotnomasi). Natijada, globallashuv sharoitida jamiyat ma’naviy-madaniy taraqqiyotining etnodifferensial xususiyatlari aniqlash, inson manfaatlarini ta’minlashda, intellektual boy va sotsiokreativ yangi avlodni tarbiyalashda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirishga xizmat qilgan.