Tangirov Obid Eshmaxmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Toshkent “eski shahar” ma’muriy boshqaruvi va ijtimoiy holati”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2017.1.PhD/Tar33.
Ilmiy rahbar: Mahkamova Nodira Rahmonovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti, DSc.02/30.12.2019.Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Ziyaeva Dono Hamidovna, tarix fanlari doktori, professor; Sultonov O‘ktam Abdug‘anievich, tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Toshkent “eski shahar” ma’muriy boshqaruv tizimining tashkil etilishi va shahar aholisining ijtimoiy-huquqiy hayotida yuz bergan jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Toshkent “eski shahar” qismida imperiya o‘rnatgan tartibga ko‘ra, faoliyat olib borgan oqsoqol boshqaruv ishlarini tashkil etishda mirshab va yigit lavozimlariga tayanganligi, bunda yigitlarning dahalar bo‘yicha soni va maoshini oqsoqol tavsiyasi asosida shahar boshlig‘i tasdiqlab berganligi aniqlangan;
1878 yil hanafiy mazhabiga oid fiqh kitoblariga asoslanib, Toshkent shahar qozilar kengashi qarori bilan och, tashna, bemor, g‘azabda, yurgan holda, otda, uyqusi kelib turgan holatlarda hukm chiqarmasligi, qozixonalarning tergov ishlari har oyning birinchi o‘n kunligida olib borilganligi va qolgan qismida hukmlar e’lon qilinganligi dalillangan;
odat sudlari shariat bilan birga urflarga asoslanganligi, mahalliy aholining qozilik va odat sudlariga e’tiqod bilan, imperiya sudlariga esa o‘z manfaatlaridan kelib chiqib yondashganligi asoslab berilgan;
madrasa ta’limida fanlarni tasniflashda naqliy, ya’ni naql qilib yozilgan ilmlar va aqliy, ya’ni inson tafakkuri ta’siri ostida rivojlantiriladigan ilmlar asosidagi turkumlarga ajratib o‘qitilganligi isbotlangan;
imperiya hukumati xalqning zaif jihatlarini o‘rganish uchun mahalliy aholining turli masalalarda arz-shikoyatlar bilan murojaatlar qilishiga sharoit yaratib, o‘zlarining manfaatlariga mos mustamlakacha boshqaruv tartiblarini joriy etganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Toshkent “eski shahar” ma’muriy boshqaruv va ijtimoiy holati tadqiqot ishi davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
Toshkent “eski shahar” ma’muriy boshqaruvi va tartib intizom hamda qo‘riqlash xizmatida oqsoqol, mirshab va yigit lavozimlari, mahalliy huquq tizimi, diniy muassasalarning boshqarilishi yuzasidan olingan ilmiy natijalardan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining “XVI – XIX asrlarda O‘zbekiston” va “XIX – XX asrlarda O‘zbekiston” bo‘limlari ko‘rgazmalarini boyitishda foydalanilgan (O‘z FAning 2019 yil 27 noyabrdagi 3/1255-3123-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi muzeyga tashrif buyuruvchi tomoshabinlarda davr tarixi to‘g‘risida aniq tasavvur hosil bo‘lishi hamda tarixiy bilimlarini yanada oshirish imkonini bergan;
Toshkent shahrida mavjud diniy muassasalarning boshqarilishi, jumladan, masjidlar, madrasalar faoliyati, ularning jamiyatdagi o‘rni, masjid imomlari, madrasa mutavalli va mudarrislarning vazifalari asosida berilgan xulosalardan O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o‘rta maxsus islom bilim yurti ta’limi va diniy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish masalalarida foydalanildi (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2020 yil 29 iyundagi 1390-son ma’lumotnomasi). Diniy ta’lim muassasalari uchun “O‘zbekiston tarixi” fani o‘quv dasturlarini tayyorlashda olingan natijalar muhim asos bo‘lib xizmat qilgan;
Toshkent shahridagi madrasalar faoliyati, ta’lim tizimida fanlarning aqliy va naqliy ilmlarga tasniflab o‘qitilishi, madrasalarning jamiyatda tutgan o‘rni va tarixi bo‘yicha ilmiy natijalaridan hamda ular asosida ilgari surilgan ilmiy-nazariy fikrlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Oʻzbekiston tarixi” telekanalining “Moziydan sado” nomli ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanildi (“Oʻzbekiston” telekanali DUKning 2019 yil 26 oktyabrdagi 01-40-2240/1-son ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuvda ko‘tarilgan ilmiy mulohazalar tomoshabinlarning Toshkent madaniy merosi, an’anaviy ta’lim tizimi tarixi to‘g‘risida yangi ma’lumotlarni egallashlariga xizmat qilgan.